Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Nishon tuman bo’limi xodimlari tomonidan Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo’mitasining 2023-yil 13-iyundagi 12/20-09185-sonli topshiriq xati va Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik Qo’mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining 2023-yil 21-iyun kunidagi 20B-00293-sonli topshiriqlariga asosan Nishon tumanida Nuriston nozi-ne’matlari dehqon oziq-ovqat bozorida pishirilgan 5 kg kalla-pocha maxsuloti sifati kafolatlanmagan, hech qanday hujjatga ega bo’lmaganligi uchun savdodan olindi. Eshmamatov Davron Eshmamatovich Ixtisoslashgan dehqon oziq-ovqat bozorida Salat maxsulotlari karom, sabzi, baqilajon 6kg va sut maxsulotlari chakki 2kg uy sharoitida tayyorlangan sifati kafolatlanmagan maxsulotlar savdodan olindi. O’tkazilgan reydlar davomida 21 ta tadbirkorlik su’bektlarida qadoqlangan ichimlik suvlari va chanqoqbosti ichimliklarni soya-salqin joylarga olinib, tug’ri saqlanishiga erishildi. 63 ta tegishli bukletlar tarqatildi.
Sanitariya vrach yordamchisi: X.Xujamurodov