Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2023 yil 15-maydagi 20B/1112-sonli ko’rsatma xati ijrosini ta’minlash to’g’risida

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Nishon tumani bo’limi boshlig’i A. Normuminov so’zga chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2023 yil 15-maydagi 20B/1112-sonli ko’rsatma xati mazmuni bilan tanishtirib, korrubsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish haqida tushuntirish berib o’tdi.

SEO va JSX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi yurist konsultanti S. Saydaliyev so’zga chiqib, korrubsiya, korrubsion holatga olib keluvchi sabablar haqida gapirib, korrubsiyaga qarshi kurashish har bir fuqoroning vazifasi ekanligi tushuntirildi.