Eksport va import mamlakat iqtisodiyotining umumiy salomatligini aniqlashda muhim rol o’ynaydi. Mamlakatlar eksport va importdan olingan ma’lumotlarni iqtisodiyotda ortiqcha va kamomad bor-yo’qligini aniqlash uchun ishlatadilar.
Eksport nima?
Eksportlar — bu mamlakat ichida ishlab chiqarilgan va chet eldagi biznes yoki iste’molchilarga sotiladigan tovar va xizmatlar. Bu jarayon, tovar va xizmatlarini sotayotgan mamlakatga moliyaviy daromad kirishini ta’minlaydi. Kompaniyalar o’z mahsulot va xizmatlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni tanlashlari mumkin, chunki bu ularga quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
GSP+ tizimga davlatimizning kirishi o`z navbatida butun Yevropa Ittifoqi miqyosida mahsulotlarni kamaytirilgan soliqlar hamda bojxona to’lovlaridan ozod qilingan holda olib chiqishga imkon yaratadi.
Ushbu loyiha doirasida respublikamizda GSP+ tizimiga kiruvchi 6200 turdagi mahsulotlar o’rganilib eksport salohiyatini 10 barobarga oshirish bo`yicha davlatimiz rahbari tomonidan ko`rsatma berilgan.
Tumanimiz miqyosida tuman hokilgi, SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi, O’simliklar karantini va boshqa qator tashkilotlar hamkorlikda tumanimizdagi eksportyor korxonalarga manaviy-ma`rifiy hamda amaliy tomondan qo`llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda. Xususan SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi xodimlari tomonidan davriy ravishda eksportyor korxonalar bilan ko’rishib muammolari o`rganib chiqilib, tegishli maslahatlar hamda amaliy ko`mak berib kelinmoqda.
Eksport hajmining oshishi faqat iqtisodiy ko’rsatkichlar emas, balki ijtimoiy barqarorlik nuqtai nazaridan ham muhim. Qishloqlarda ko’plab yangi ish o’rinlari yaratilmoqda, aholi daromadlari ortmoqda. Aholinining o’z biznesini boshlashga bo’lgan qiziqishi oshib, eksportbop mahsulot yetishtirish istagi kuchaymoqda. Ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun bu yo’nalish muhim ijtimoiy imkoniyat bo’lib xizmat qilmoqda.
Xulosa o’rnida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni muvaffaqiyatli eksport qilish orqali O’zbekiston nafaqat ichki ehtiyotlarni qondirib, balki global bozorda raqobatbardosh davlatga aylanib bormoqda. Bu esa iqtisodiy mustaqillik, aholining farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi
Sanitariya vrachi D.Xaydarova