Meningitning eng ko‘p uchraydigan belgilari: bosh og‘rishi, bo‘yinni tortishishi (rigidligi) va isitma, ongni buzilishi va tovushga yoki yorug‘likka sezgirlikni ortishi xisoblanadi. Ayrim paytlarda, ayniqsa bolalarda uyquchanlik va tez ta’sirlanuvchanlik rivojlanishi mumkin. Meningokokk bilan zararlangan bemorlarning aksariyatida klinik belgilar kuzatilmaydi. 1/10 ta odamda nazofaringit simptomlari kuzatilsa, 100-20 000 ta bakteriya tashuvchilardan bittasidagina meningitning generallashgan shakli rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi organizmda qon orqali tarqaladi.
Bakteriyemiya natijasida organizm zaxarlanib, toksemiya rivojlanadi. Bu o‘z navbatida toksik-allergik reaksiyalar, qon tomirlarni zararlanishi va o‘z navbatida: bosh miya, buyraklar, buyrak usti bezi, shuningdek, jigarni zararlanishiga olib keladi. Qon tomirlar tonusini pasayib, miokard qisqaruvchanligi kamayadi, gemorragik toshmalar kuzatiladi. Meningokokkli meningit birdaniga boshlanib, tana xaroratini keskin ortishi, ko‘p martalik qayt qilish, bosh ichi bosimini ortishi xisobiga bosh og‘rishi kuzatiladi. Bemor xarakterli xolatni oladi: ensa muskullari tarangashadi, boshi orqaga tashlanadi, qorni tortilib, oyoqlari bukilib, qorniga yig‘ishtiriladi. Menigitning ayrim shakllarini (meningokokkli, gemofil tayoqchali, pnevmokokli, parotit virusli) emlashlar orqali oldini olish mumkin.
Sanepidqo’mita Nishon tuman bo’limi
Bakteriologiya laboratoriyasi
Vrach bakteriologi Primova Iroda.