25-Aprel Butunjahon Bezgakka qarshi kurash kuni.

JSSTning 2007 yil may oyida bo‘lib o’tgan 60-sessiyasi qaroriga ko’ra, dunyo bo’yicha har yili 25-aprel Butun Jahon bezgakka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Butun Jahon bezgakka qarshi kurash kuni-bezgak kasalligini yuqtirish xavfi, bezgak bo’yicha noxush hududlarga chiqishda shaxsiy himoya choralari haqida xabardor qilish, bezgakni davolash mumkinligi va aholiga profilaktika choralarini ko’rish zarurligini tushuntirish maqsadida e’lon qilindi.

2020 yilda dunyoning deyarli yarim aholisi bezgak xavfi ostida ekanligi ma’lum bo’ldi. JSSTning statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda dunyo bo’ylab 241 mln aholi bezgak bilan kasallandi va ulardan 627 ming nafari vafot etdi.

2019 yildan buyon «Bezgakni yo’qotish mendan boshlanadi» shiori ostidagi ushbu kun nishonlanib kelinmoqda.

Bezgakni faqat tibbiy xizmat yordamida yengib chiqish juda qiyin. Buning uchun barcha tashkilotlar va muassasalar, xususiy va davlat korxonalari kuchlarini birlashtirishlari zarur. Shuningdek har kim bu kasallik haqida ma’lumotga ega bo’lishi, hamda uning oldini olish yo’llari bn tanish bo’lishi shart.

 

Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi  mudiri:  O.Turdiyev