Sil yuqumli kasallik bo‘lib uni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda bakteriyalar — sil tayoqchalari yuzaga keltiradi. Ko‘p xollarda sil tayoqchalari o‘pkani zararlaydi. Ba’zi xollarda miya va miya qobig‘i, suyaklar, bo‘g‘inlar, buyraklar, jinsiy a’zolar, ko‘z, ichak va boshqa a’zolar sili ham uchrashi mumkin.
Kasallik qanday yuqadi?
Sil tayoqchalari ko‘p xollarda organizmga nafas yo‘li orqali o‘tadi va o‘pka to‘qimalarida rivojlanadi va ko‘payadi. Bemor yo‘talganda, aksirganda, qattiq gaplashganda, tupurganda balg‘am zarralari bilan atrofga otilib chiqadi va sachraydi. Bu ko‘zga ko‘rinmas balg‘am zarralarida minglab sil tayoqchalari bo‘ladi.
Sil yuqmasligi uchun nima qilish zarur?
Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling:
Kasallikning dastlabki belgilari:
Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
UNUTMANG!
Shifokorga qanchalik erta murojaat qilinsa, davolanish shunchalik samarali bo‘ladi.
Sil bilan og‘riyotgan bemorlar tavsiya etilgan dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishlari hamda davolash kurslarini to‘xtatmasliklari shart!
SEO va JSQ Qashqadaryo
viloyati Nishon tuman bo‘limi vrach epidemiologi S.Saidova