Ichimlik suvi

Ichimlik suvining gigiyena talablariga javob berishi, inson salomatligini saqlash va suv orqali tarqaladigan kasalliklarning oldini olish maqsadida aholi toza ichimlik suv bilan ta`minlanadi.Aholini suv bilan ta`minlashda uni suv orqali tarqaladigan turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibining o`zgarishidan kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklar oldini olish eng avvalo ko`zda tutilishi kerak.Suvning sifati va tabbiy holatining buzilishi, suv tarkibida  ko`p miqdorda yuqumli kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlarining bo`lishi yoki gijja tuxumlarining ko`payib ketishi inson sog`ligiga putur yetkazishi mumkin. Tabiiy suv tarkibida insonlar, jonivorlar, turli o`simliklar hayoti uchun zarur bolgan biologik mikroelementlar  mavjud. Ular tirik organizm  faoliyatida  ba`zi moddalar bilan birikib muhim bioximik jarajonlarda qatnashadi. Suv gigiyenik talablarga javob bergandagina inson sihat salomatligining garovidir.Insonning sog`ligini saqlashda suvning kimyoviy tarkibi katta axamyatga ega.Ba`zi kimyoviy moddalar ta`sirida suvning xidi,mazasi,rangi,loyqaligi va boshqa organaleptik xususiyatlari o`zgaradi.

Suv orqali  ichburug`, virus  A-sariq kasalligi  , qorin tifi, paratif A va B, diareya, vabo va boshqa kasalliklarning sababchisi bo`lishi mumkin.Sariq kasalligi, poliomielet va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar  suvda uzoq vaqt yashaydi.Keyingi yillarda suv orqali tarqalayotgan ichburug`ga o`xshash esherixioz kasalliklari ko`paymoqda. Bu kasallik ichak tayoqchasining patogen shtamlari bilan bog`liqligi ma`lum bo`ldi.Suv orqali juda ko`p yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Xozirgi kunda bolalar orasida keng tarqalgan gepatit A, diareya kabi kasalliklarining  oldini olish uchun aholini toza  ichimlik suvi bilan ta`minlash lozim.

   Suvning qattiqligi, asosan suv tarkibida ko`p miqdorda kalsiy, magniy tuzlari bo`lishidan paydo bo`ladi. Bunday suvlarda sovun ko`pirmaydi, go`sht va boshqa maxsulotlar pishmaydi.Choyning rangini va ko`rinishini buzadi.So`ngra siydik bilan kalsiy tuzining chiqib ketishi ko`payadi.Ichimlik suvda kalsiy va magniy ko`proq ushlanishi siydik  kolloid -kristalloid muvozanatini buzar ekan, oqibatda tosh paydo bulish kasalligini keltirib chiqaradi.

Toza ichimlik suvlarini zararli oqova suvlardan, chiqindilardan ximoya qilish suv orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Suv sifatini yaxshilash orqali suv bilan bog«liq kasalliklarni oldini olgan bo`lamiz

Sanitariya vrachi:  A.Murodova