Teri-leyshmaniozi kasalligidan saqlaning.

Teri  leyshmaniozi  —  terining  iskabtopar  chaqishi  mumkin bo‘lgan ochiq qismida bir yoki bir necha yara hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan trasmissiv parazitar kasallikdir.

Teri  leyshmaniozi  zoonoz  xilining  asosiy manbayi turli xil qum sichqonlari hisoblanadi. Kasallikni  yuqtiruvchi  iskabtopar  chivinlar  —   hisoblanadi.  Ular  sahroda qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi.  Kasallik transmissiv yo‘l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskabtopar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda aprel  oyining  ikkinchi  yarmidan  boshlab to  setabr  oyining oxirigacha  davom  etishi  mumkin.  Iskabtoparlar  asosan  tunda, ko‘proq kechqurun yarim tungacha chiqadi. Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz leyshmaniyalar  (amastigotlar)  bir  sutka  davomida  xivchinli (lentomonal,  promastigot)  shaklga  o‘tadi  va  to‘rtinchi  sutkada iskabtopar tomog‘ida to‘planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon so‘rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu tariqa kasallik yuqadi

Profilaktik  choralar  asosan  kasallik  keng tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasallik manbayi bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi. Iskabtoparlar  chivin  chaqishidan  ximoyalanish uchun eshik va deraza romlariga tur pardalar tutush, yoz mavsumida pashshaxonalardan xamda chuchituvchi vositalardan  foydalanish  tavsiya etiladi.

 

 SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi 

parazitologiya  bo‘limi  entomolog vrachi:                           R.Kuchkinov