Gijja kasalliklari

Gijjalarning aksariyat turlari odamning oshqozon-ichak yo‘lida parazitlik qiladi. Oshqozon-ichak yo‘lida parazitlik qiluvchi gijjalarning uzunligi turiga qarab 6 mm dan 4-6 metr, hatto undan ham uzun bo‘lishi mumkin.   Gijjalar organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin, oqsil, kalsiy, uglevod hamda yod kabi boshqa kerakli elementlarni o‘zlashtiradi. Shuning uchun gijja kasalligiga chalingan odam quvvatsiz, rangsiz bo‘lib qoladi.  Organizmni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar, elementlarning yetishmasligi oqibatida bolalar jismoniy o‘sishdan orqada qoladilar. Aqliy rivojlanishi susayada. Organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligi (immuniteti) pasayib, har xil turdagi yuqumli kasalliklarga chalinish moyilligi ortadi. Suyaklar mo‘rtlashib, umurtqa pogonasi qiyshayishi, shuningdek, terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi kabi xolatlarga olib kelishi mumkin.

Gijjalar tirik organizmlardir. Xayoti davomida ajratadigan chiqindilari va ularning o‘limi natijasida hosil bo‘ladigan qoldiq maxsulotlar qonga so‘rilib, bir tomondan odam  organizmini zaxarlasa, ikkinchi tomondan allergik ta’sir ko‘rsatadi.

Gijjalar turiga qarab inson organizmida bir necha xaftadan 40 yilgacha, ba’zida esa undan xam uzoq  yashashi mumkin.

Agar bola: ovqatlanishidan qat’iy nazar, ozib ketsa; rangi oqarib, nimjon bo‘lib qolsa; asabiylashadigan bo‘lib qolsa, injiqlansa; uxlaganda tishlarini g‘ijirlatsa va og‘zidan ko‘p sulak oqsa; qorni og‘risa, kungli aynisa zudlik bilan vrachga murojat etish zarur.

 

 SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi

 Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi  mudiri O.Turdiyev