Gripp o‘tkir yuqumli virusli kasallik bo‘lib, faqat bemor odam kasallik manbai hisoblanadi.
Kasallik asosan havo tomchi yo‘li orqali, yo‘talganda, aksirganda, umumiy idish va gigiyena vositalaridan foydalanilganda yuqadi.
Umumiy transport vositalari va boshqa jamoat joylarida kasallikning yuqish xavfi yuqori bo‘ladi.
Kasallik belgilari:
Kasallik yuqmasligi uchun:
— xonani tez-tez shamollatib turing, isiriq tutating;
— to‘rt qavatli niqob taqing, har 4 soatda almashtirib turing;
— ertalab va kechqurun burun va tomoqni 2% choy sodasi bilan chayib, burun ichiga oksalin mazini surtib turing;
— badantarbiya bilan muntazam shug‘ullaning;
— vitaminlarga boy meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qiling
— qo‘llaringizni tez-tez sovunlab yuvib turing
Dezinfeksiya tadbirlari bo’limi boshlig’i: S.Saidova