Qizamiq o‘tkir yuqumli kasallikbo‘lib, kadim zamonlardan ma’lum. Qizamiq bilan kasallanish bolalar o‘rtasidagi yuqumli kasaliklar ichida dastlabki o‘rinda turadi. Qizamiq bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun ayniqsa xavfli. Xozirgi kunda Respublikamizda kam uchrasada ba’zan bolalar uyushgan muassasalarida uchrab turibdi.
YUQISH YO‘LLARI
Qizamiq manbai shu kasallik bilan og‘rigan bemorlar hisoblanadi. Qizamiq virusi burun-xalqum, yuqori nafas yo‘llari, shilliq pardalari shillig‘ida bo‘ladi. Gaplashganda, aksirganda, yo‘talganda, bola yig‘laganda, shilliq zarralari bilan havoga tushib sog‘lom bolaga bir lahzada yukadi. Qizamiq virusi tashqi muhitga juda chidamsiz bo‘lganidan infeksiya o‘yinchoqlar va uchinchi odam orqali deyarli yukmaydi. Bemor chiqib ketgan xonada kasallik yukish xavfi 30 dakiqadan ortiq bo‘lmaydi, shu sababli xonani shamollatish kifoya. Qizamiq uchun mavsumiylik xos bo‘lib aksari kasallik qish, bahor oylarida ko‘p uchraydi. Qizamiq bilan og‘rib o‘tgandan keyin bir umrga immunitet qoladi.
KASALLIK BELGILARI
Kasallik kechishiga ko‘ra 5 ta davr tafovut qilinadi: yashirin, kataral, toshma toshish, dog‘ tushishi, sog‘ayish davri.
Bolalarda kasallik alomatlari birdan emas, balki infeksiya yuqqandan keyin oradan 9-11 kun o‘tgach quyidagi belgilar bilan namoyon buladi:
• Tumov;
• Bo‘g‘iq yo‘tal;
• Ko‘z yoshlanishi;
• Bemor yorug‘likka qaray olmasligi;
• Harorat 38-39° darajaga ko‘tarilishi;
• Lunj, lab, milk shilliq pardalariga (enantema) oq dog‘lar tushishi.
Qizamiq kasalligini oldini olish
Tirik qizamiq vaksinasi bilan faol emlash o‘tkazish (JKV L-16,Ruvaks, KPK (qizamiq, qizilcha, tepki)
Vaksinatsiya sxemasi – 12 oy va 6 yosh.
Umumiy epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar- toshma toshgandan to 5-kunigacha, asoratlar bo‘lganda esa 10 kungacha bemorni izolyatsiya qilish.
Xonalarni 30-45 min davomida shamollatish.