GRIPPdan saqlaning

                Gripp-bu o’tkir virusli yuqumli kasallik bo’lib, havo- tomchi infeksiyasi bo’lib keng tarqalish xususiyatiga ega. Bu infeksiyaning qo’zg’atuvchi manbai bo’lib, gripp bilan kasallangan odam hisoblanadi. Kasallik asosan xavo tomchi yo’li orqali, ya’ni yo’talganda, aksirganda, qo’l berib ko’rishganda, umumiy idish va gigiyena vositalaridan foydalanilganda yuqadi. Grippning yashirin davri bir necha soatdan 7 kungacha, o’rtacha 2-3 kun davom etadi. Bu gripp o’tkir kechuvchi kasallik bo’lib, to’satdan tana xaroratining ko’tarilishi va nafas yo’llarining yallig’lanishi bilan boshlanadi.

Kasallik belgilari quyidagicha namoyon bo’ladi: tana xaroratining ko’tarilishi (38,5-40C0), xolsizlik va qaqshash, yo’tal va aksirish, burun oqishi va bitishi, tomoq og’rishi, bosh og’rishi, mushaklarda og’riq.

Ba’zi xollarda qayt qilish va ich ketish xollari xam kuzatiladi. Ko’p xollarda o’pka yallig’lanishi kabi asoratiga olib keladi. Agar yuqoridagi belgilarning birontasi kuzatilsa, darxol tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur. Kasallik asoratlarining oldini olish va tez sog’ayish uchun, birinchi kundan boshlab bemorga yotish tavsiya etiladi. Yuqoridagi belgilar namoyon bo’lgan inson bilan muloqotda bo’lgan xar biro dam grippni yuqtirish xavfi bor. Tibbiyot doka niqob taqib yurish, kasallikning tarqalishini chegaralaydi. Biroq doka niqobidan to’g’ri foydalanish kerak. Doka niqobidan noto’g’ri foydalanish kasallikning yuqish xavfini oshirishi mumkin. Kasallik belgilari namoyon bo’lgan bemor aniqlangan xolatlarda uy sharoitida shifokor kelgunga qadar quyidagi profilaktik chora-tadbirlariga rioya qilish kerak:

-Shaхsiy gigiyena qoidalariga amal qiling;

-Qo’llaringizni tez-tez va yaxshilab sovun bilan yuving;

-Ko’proq suyuqlik istemol qiling;

-Tana xarorati yuqori bo’lganda, shifokor tavsiyasiga ko’ra isitma tushuradigan dori ichish mumkin;

Dizenfeksiya qilish uchun xlor saqlovchi eritmalar-xloramin, xlorli oxak va boshqalar ishlatiladi. Biroq xar bir inson ushbu kasallik to’g’risida xabardor bo’lishi, kasallikning biror bir belgilari kuzatilganda esa profilaktik chora tadbirlarga rioya qilishi va zudlik bilan shifokorni uyga chaqirishi lozim. Xozirgi kunda grippga qarshi vaksina ishlab chiqilgan, bo’lib emlash ishlari yaxshi natija beradi. Oddiy mavsumiy grippga qarshi vaksinalar insonni grippdan bir qadar ximoya qiladi, kasallik yuqqan taqdirda xam yengil o’tadi. Shuning uchun xam bu grippga  qarshi chora-tadbirlar umumiy xususiyatga ega bo’lib, kasallik tarqalganlik extimoli bor mamlakarlarga safarlardan saqlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga, dam olish va mexnat qilish xamda ovqatlanish tartiblariga rioya qilish kabilarni o’z ichiga oladi.

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi Epidimiologiya va immunoprofilaktika bo’limi mudiri                                  J.B.Safarov