Virusli gepatit A kasalligidan saqlaning!

Virusli gepatit A kasalligi – virus keltirib chiqaradigan  o‘tkir yuqumli jigar  kasalligidir. Kasallikning asosiy yuqish yo‘llari suv, oziq-ovqat va maishiy  muloqot yo‘llari hisoblanib, qo‘llarni antiseptik vositalar bilan yuvmasdan ovqatlanish, meva, sabzavotlarni yuvmasdan  iste’mol qilish, sifati kafolatlanmagan suvni qaynatmay ichish, ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda  cho‘milish jarayonida suv yutish, iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining pashshalar orqali zararlanishi sabab bo‘ladi. Kasallikning belgilari ko‘ngil aynash, qusish, ishtahasizlik, kuniga 2-3 martagacha ich ketishi, darmon qurishi, uyquchanlik, peshobning qizarishi (me’yorda peshob sarg‘ish bo‘ladi), najasning oqarishi (rangsizlanishi) kuzatiladi.

Kasallikka chalinmaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling. Kasallikni oldini olish uchun Tibbiyot muassasalariga murojaat qiling va gepatit A kasalligiga qarshi vaksina bilan emlaning.

 

 SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi

Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri:                           Bekkayev