Quturish kasalligi bedavo dard

Quturish- hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda 100 foiz o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta xavfli yuqumli  kasallikdir. Odamlar uchun kasallik manbai bo‘lib quturish bilan kasallangan yovvoyi hayvonlardan- bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, uy hayvonlaridan asosan it shuningdek mushuk, eshak hisoblanadi. Odamda quturish kasalligi 90-95 %  hollarda quturgan itlardan  yuqadi.

Odamda quturish kasalligi shu kasallikka chalingan hayvonlar tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek jaroxatlangan teri va shilliq qavatlarga so‘lagi tushishi natijasida yuqadi.

Quturish kasalligi odamga faqatgina quturgan hayvon tishlaganda yuqadi, sog‘lom hayvon tishlaganda odam kasallanmaydi, faqatgina quturish kasalligining davosi yo‘qligi, 100 foiz o‘lim bilan tugashini, kasallikning oldini olishning birdan-bir yo‘li quturishga qarshi vaksina olish ekanligini inobatga olib, siz har qanday hayvondan jarohatlanganda tibbiyot xodimlariga murojaat qilib, quturishga qarshi vaksina bilan emlanishni unutmasligingiz lozim.

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi

 Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri:                     N.Bekkayev