Difteriya (Bug`ma)-o`tkir yuqumli kasallik bo`lib difteriya bakteriyalari orqali yuqadi. Kasallik asosan havo tomchi yo`li orqali yuqadi.Difteriyada og`iz xalqum shilliq qavatlari zararlanadi va yurak qon-tomir asab tizimiga ta`sir ko`rsatadi.Difteriya bakteriyalari kishi organizmiga tushganidan keyin juda xafli bo`lgan egzotoksin neyraminidaza zaxarini ishlab chiqaradi. Difteriya bakteriyalarning 3 ta kilinik ko`rinishlari farqlanadi.
Birinchisi engil shakli.
Ikkinchisi o`rta oraliq shakli.
Uchunchisi-og`ir shakli bo`lib, kasallikning yashirin davri (inkubatsiyon davri) 3-7 kunni tashkil etadi.Kasallik odamdan odamga xava tomchi yoki mayishiy yo`l orqali yuqadi
Kasallik belgilari: Kasallik belgilari difteriya qo`zg`tuvchilarini joylashgan joyi bilan xarakterlanadi Kasallik tamoqda, xalqumda, quloqda ,jinsiy organlarda kuzatilishi mumkin ko`pchilik xolatlarda tamoqda kuzatiladi va quyidagi belgilar yuzaga chiqadi.Tomoqda bodomcha bezlarida kulrang pardalar xosil qiladi,tomoqda og`riq va xirillash kuzatiladi. Bo`yindagi linfa tugunlari shishib kattalashadi (xo`kiz bo`yini) belgisi bo`ladi. Nafas olish qiyinlashadi va nafas retmi tezlashadi. Burundan shilamshiq oqishi ko`payadi, xarorat ko`tarilib, qaltirash kizatiladi, umumiy darmonsizlik paydo bo`ladi.
Tashxislash: Difteriyaga tomoq va burundan olingan surtmalarni bakteriolognik tekshirish orqali aniq tashxis quyiladi.
Asoratlari miokardit , Ishfeksion-toksik karaxtlik, buyrak usti bezlarini zararlanishi, ko’p organlarni yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, zaxarlanish oqibatida kelib chiquvchi nefroz, yurak qon-tomir yetishmovchiligi, quloqni zararlanishi, zotiljam, bodomcha bezlari abtssi. Difteriyani davolashda kasallik aniqlanganda zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojat qilish maqsadga muvofiq buladi.
Profilaktikasi: Difteriyani oldini olish uchun quyidagillarga rioya qilish zarur. Difteriya bakteriya tashuvchilarini o’z vaqtida aniqlab, darxol aloxidalash lozim.
SEO va JSQ Nishon tuman S
anitariya gigiena bo`limi mudiri: N.Do`stov