Bezgak, malariya kasalligi

Bezgak-o’tkir va ayrim xollarda cho’ziluvchan kechuvchi parazitar kasallik bo’lib, xurujsimon qaltirash, temperatura ko’tarilishi parenximatoz azolarining jaroxatlanishi bezgak plazmodeysi tomonidan chaqirilgan rivojlanib boruvchi kamqonlik va resedivlanishga moyilligi bilan ifodalanadi.

Infeksiya manbai-kasal odam yoki parazit tashuvchi. O’tkazuvchi esa anopheles avlodiga mansub chivinlar. Tabiiy sharoitlarda odamni bezgak bilan zararlanishi anopheles avlodiga mansub zararlangan chivinlar chaqqanda sodir bo’ladi.

Bezgak infeksiyasini kechishi xilma-xil bo’lib deyarli simptompsiz shaklidan xayot uchun xavfli og’ir asoratlar rivojlanishigacha.

Inkubatsion davrning davomiyligi 8-30 kun atrofida uch kunlik va ovali-bezgak uzoq davom etuvchi. 6-12 oylik inkubatsiyadan keyin kasallik rivojlanish xolatlari kuzatilgan. Barcha shaklli bezgaklarda isitma xurujlarining klinikasi ko’pgina umumiylikka egadir.  

Barcha profilaktik chora tadbirlar odamlarni bezgak bilan zararlanishi oldini olish va yoki kasallikni oldini olish maqsadiga ega. Bu maqsad ximioprofilaktika yordamida, yani u yoki bu tip parzitosid tasirli vositalar bilan erishilishi mumkin. Ximoyalanuvchi kontengentlar xarakteriga ko’ra individual guruxli va ommaviy ximioprofilaktika farqlanadi. Kasallanganda shaxslarda bunday natijaga 14-kun primaxen bilan radikal profilaktik davolanganda erishiladi. Tashuvchi chivinlarni kamaytirish uchun chivinlarni ko’payish joyini, botqoqlarni qurutish, suv havzalarini tozalash va insektisidlar bilan ishlov berish bilan erishiladi.

 

SEO va JSQ Nishon tuman

bo`limi boshlig’i:                                                                                          A.Normuminov