Gripp o’tkir yuqumli virusli kasallik bo’lib, faqat bemor odam kasallik manbai xisoblanadi.
Kasallik asosan havo tomchi yo’li orqali, yo’talganda, aksirganda, umumiy idish va gigiyena vositalaridan foydalanilganda yuqadi.
Umumiy transport vositalaridan va boshqa jamoat joylarida kasallikning yuqish havfi yuqori bo’ladi.
Kasallik belgilari:
—tomoq og’rishi;
-burun bitishi, oqishi, aksirish;
-yutalish;
-tana xaroratining ko’tarilishi;
-butun tanada og’riq bo’lishi;
Kasallik yuqmasligi uchun:
-xonani tez-tez shamollatib turing, isiriq tutating;
-to’rt qavatli niqob taqing, xar 4 soatda almashtirib turing;
-ertalab va kechqurun burun va tomoqni 2% choy sodasi bilan chayib, burun ichiga oksalin mazini surtib turing;
-badantarbiya bilan muntazam shug’ullaning;
-vitaminlarga boy meva va sabzavotlardan ko’proq istemol qiling;
-qo’llaringizni tez-tez sovunlab yuvib turing;
Jamoatchilik bilan ishlash bo’limi
epidimiolog vrach H.Qo’ziyev