Botulizm kasalligidan saqlaning!

Botulizm-ayrim hollarda o`lim bilan tugaydigan,og`ir turidagi ovqatdan zaharlanish bo`lib,uy sharoitida tayyorlangan pomidor,bodring,patisson marinadi,baqlajon ikrasi va boshqa  konserva mahsulotlarini iste`mol qilish natijasida yuzaga keladi.

Zaharlanish belgilari:ko`rishning xiralashishi,buyumlarni ikkita bo`lib ko`rinishi,ko`z qovog`ining osilishi,ovoz bo`g`ilishi.

Botulizmga chalinmaslik uchun har bir inson quyidagilarga amal qilishi kerak:

  • Uy sharoitida pomidor,bodring,patisson marinadi,baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik;
  • Belgilanmagan joylar,ko`cha-kuylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qimaslik;
  • Do`konlardan konserva mahsulotlarini xarid qilish jarayonida mahsulot yorlig`i va unda keltirib o`tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi,ishlab chiqarilgan sanasi,yaroqlilik muddatiga alohida e`tibor berish;
  • Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqatmasdan yaxshilab ko`zdan kechirish;

Buni yodda tuting!

Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarini oldini olishning yagona yo`li shifokorga o`z vaqtida murojaat qilish.

 

Sanitariya gigiyena bo’lim mudiri

N.Do’stov