O`LAT kasalligi

O`lat, toun – odam va hayvonlarning o`tkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning og`irlashishi, intoksikatsiya, tana haroratining ko`tarilishi, limfa bezlari, o`pka va boshqa (lar) a`zolarda yallig`lanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va ko`plab bemorlar nobud bo`lishi tufayli o`lat o`ta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi.

Qo`zg`atuvchisi Jersinia pestis toun mikrobi. O`lat mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yo`llari va h. k. a`zolardan kirishi mumkin. Kasallik qo`zg`atuvchilari – kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tulkilar, shuningdek, o`latning o`pka turi bilan og`rigan bemorlar hisoblanadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3-6 kungacha. O`lat mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo`l bilan (masalan burga chaqqanda), ba`zan kasal hayvon go`shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go`sht ishlatilganda yuqadi.

Kasallik belgilari: o`tkir boshlanadi, bemorning eti uvushib, boshi qattiq og`riydi, ko`pincha ko`ngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alaxlaydi.

Oldini olish: Kasallik aniqlangan joyda karantin e`lon qilinadi. Zaruriyat tug`ilganda u yerda yashaydigan aholi o`lat vaksinasi bilan emlanadi.

 

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi vrach epidemiolog

J.B.Safarov