QIZAMIQ XAVFLI KASALLIK

Qizamiq o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, qadim zamonlardan ma’lum. Qizamiq bilan kasallanish bolalar o‘rtasidagi yuqumli kasaliklar ichida dastlabki o‘rinda turadi. Qizamiq bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun ayniqsa xavfli. Hozirgi kunda Respublikamizda kam uchrasada ba’zan bolalar uyushgan muassasalarida uchrab turibdi.

YUQISH YO‘LLARI

Qizamiq manbai shu kasallik bilan og‘rigan bemorlar hisoblanadi. Qizamiq virusi burun-xalqum, yuqori nafas yo‘llari, shilliq pardalari shillig‘ida  bo‘ladi. Gaplashganda, aksirganda, yo‘talganda, bola yig‘laganda, shilliq zarralari bilan havoga tushib sog‘lom bolaga bir lahzada yukadi. Qizamiq bilan og‘rib o‘tgandan keyin bir  umrga  immunitet qoladi.

KASALLIK BELGILARI

Kasallik kechishiga ko‘ra 5 ta davr tafovut qilinadi: yashirin, kataral, toshma toshish, dog‘ tushishi, sog‘ayish davri.

Bolalarda kasallik alomatlari birdan emas, balki infeksiya yuqqandan keyin oradan 9-11 kun o‘tgach quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • Tumov;
  • Bo‘g‘iq yo‘tal;
  • Ko‘z yoshlanishi;
  • Bemor yorug‘likka qaray olmasligi;
  • Harorat 38-39° darajaga ko‘tarilishi;
  • Lunj, lab, milk  shilliq pardalariga (enantema) oq dog‘lar tushishi.

                                           KASALLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI

Profilaktik emlashlar qizamiqning  oldini oladigan

eng yaxshi vosita hisoblanadi.

Infektsiyani oldini olish uchun 1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan kichik bolalarni  emlash amalga oshiriladi.

                                          

SEO va JSQ

Qashqadaryo viloyati

Nishon tuman boʼlimi

epidemiolog-immunolog vrachi:                                             D.SH.Sherov