Gripp- bu o`tkir virusli yuqumli kasallik bo`lib,havo tomchi infeksiyasi bo`lib,keng tarqalish xususiyatiga ega.Infeksiyaning qo`zg`atuvchi manbai bu gripp bilan kasallangan odam.Grippning yashirin davri bir necha soatdan 7 kungacha,o`rtacha 2-3 kun davom etadi.
Kasallik belgilari:tana haoratining ko`tarilishi(38,5-40C0),holsizlik va qaqshash,yo`tal va aksirish,burun oqishi yoki bitishi,bosh og`rishi,mushaklarda og`riq,ba`zi hollarda qayd qilish va ich ketishi ham kuzatiladi.
Asorati:Ko`p hollarda o`pka yallig`lanishi (zotiljam)kabi asoratiga olib keladi
Profilaktik chora tadbirlar:shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling,qo`llaringizni tez tez va yaxshilab sovunlab yuving,ko`proq suyuqlik iste`mol qiling (malinali,limon va asalli choy,issiq sut hamda na`matak damlamasi),tana harorati yuqori bo`lganda shifokor ko`rsatmasiga ko`ra isitma tushuradigan dori ichish mumkin,bemor bilan muloqatda bo`lganda har bir odam doka niqob taqib yurishi kerak,xonalarni tez-tez shamollatish kerak.
Dezinfeksiya qilish uchun xlor saqlovchi eritmalar_xloramin,xlorli ohak va boshqalar ishlatiladi.
Hozirgi kunda grippga qarshi vaksina ishlab chiqilgan bo`lib,emlash ishlari yaxshi natija beradi.