Paxtaobod MFY xududida Virusli gepatit A kasalligi bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar

SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi xodimlari tomonidan o’tkir yuqumli ichak kasalliklari, gripp virusli gipatet kasalligi va uni oldini olish to’g’risida Paxtaobod MFY xonadon axolisi o’rtasida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

Paxtaobod MFY hududida 1123 ta aholi xonadoni bo’lib barcha xonadonlarda yashovchi axoli o’rtasida yuqumli kasalliklar yuqush yo’llari va uni oldini olish to’g’risida suxbat va targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Aholiga yuqumli kasalliklar to’g’risida  buklet, eslatmalar tarqatilmoqda.

MFY hududidagi 3 ta maktab, maktabgacha talim muassasida o’qituvchi va o’quvchilar, tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o’rtasida  yuqumli kasalliklar va uni oldini olish to’g’risida maruza o’qildi, eslatmalar tarqatildi. Maktablarda virusli gipatet mavzusida diktant olindi. MFY hududida 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda 25 ta virusli gipatet kasalligi qayt etilgan. Barcha kasallik o’choqlarida sanitariya-epidimiologik surushtiruv va dizenfeksiya ishlari SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi xodimlari tomonidan to’liq olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda 49 ta 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda virusli gipatet kasalligiga qarshi emlash ishlari o’tkazildi. Hozirgi vaqtda axoli xonadonlarida axoli salomatlik osoyishtaligini saqlash maqsadida targ’ibot ishlari davom ettirilmoqda.

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo’lim boshlig’i:                                             A.Normuminov