Bezgak kasalligidan extiyod bo’ling!

Bezgak-o’tkir va ayrim xollarda cho’ziluvchan kechuvchi parazitar kasallik bo’lib, xurujsimon qaltirash, temperatura ko’tarilishi parenximatoz azolarining jaroxatlanishi bezgak plazmodeysi tomonidan chaqirilgan rivojlanib boruvchi kamqonlik va resedivlanishga moyilligi bilan ifodalanadi.

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai-kasal odam yoki parazit tashuvchi. O’tkazuvchi esa anopheles avlodiga mansub chivinlar. Tabiiy sharoitlarda odamni bezgak bilan zararlanishi anopheles avlodiga mansub zararlangan chivinlar chaqqanda sodir bo’ladi. Barcha shakldagi bezgak bilan zararlanishi gemotransfuzion muolajalarda sodir bo’lishi mumkin. Bu shaklda ko’p xollarda to’rt kunlik bezgak bilan zararlanish sodir bo’ladi. Chunki bu shaklli kasallikda uzoq vaqt parazit tashuvchanlik submikroskopik parazitimiya bilan kuzatiladi. Aseptika qonunlarini qo’pol buzish natijasida shpris igna orqali zararlanishi xam mumkin bu xolat ko’proq narkomanlarda kuzatiladi.

Kasallik belgilari. Bezgak infeksiyasini kechishi xilma-xil bo’lib deyarli simptompsiz shaklidan xayot uchun xavfli og’ir asoratlar rivojlanishigacha. Inkubatsion davrning davomiyligi 8-30 kun atrofida uch kunlik va ovali-bezgak uzoq davom etuvchi. 6-12 oylik inkubatsiyadan keyin kasallik rivojlanish xolatlari kuzatilgan. Barcha shaklli bezgaklarda isitma xurujlarining klinikasi ko’pgina umumiylikka egadir va uch bosqichda kechadi.

Profilaktikasi. Barcha profilaktik chora tadbirlar odamlarni bezgak bilan zararlanishi oldini olishga qaratilgan. Bu maqsad ximioprofilaktika yordamida, yani u yoki bu tip parzitosid tasirli vositalar bilan erishilishi mumkin. Ximoyalanuvchi kontengentlar xarakteriga ko’ra individual guruxli va ommaviy ximioprofilaktika farqlanadi. Tashuvchi chivinlarni kamaytirish uchun chivinlarni ko’payish joyini, botqoqlarni qurutish, suv havzalarini tozalash va insektisidlar bilan ishlov berish bilan erishiladi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

qo’mitasining Nishon tuman bo’lim boshlig’i:                                                                                             A.Normuminov