Kuydirgi kasalligi va uning profilaktikasi

Chorvachilikni rivojlantirishda chorva mollarining kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki viloyatimiz xududida ko’plab o’ta xavfli yuqumli kasalliklarning tabiiy o’choqlari mavjud. Shulardan bittasi kuydirgi kasalligidir. Kuydirgi-(sibir yarasi, antraks), inson va xayvonlarga xos bo’lgan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, teri va teri osti to’qimalarida serozli va gemorragik shishlar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Ko’p asrlar davomida kuydirgi keng tarqalgan kasallik bo’lib bir zamonlar odamzot boshiga ko’p talofat keltirgan. Kuydirgi bilan xar yili millionlab odamlar kasallangan. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer, Ovidiylar uni “ xayvonlardan odamlarga yuqadigan kasallik” deb tariflashgan.

Qadim zamonlarda kuydirgini “muqaddas olov”, “fors olovi”, “eron alangasi” nomlari bilan xam atashgan. 1788-yili rus olimi S.S.Andreevskiy Sibirdagi epizotiya vaqtida bu kasallikni xayvondan o’ziga yuqtirib, odamlar bilan xayvonlarda uchraydigan kasallik bir xil ekanligini isbotladi va bu kasallikni “sibir yarasi” (“sibiriski yazva”) deb atashni tavsiya etdi. U kuydirgining patologik anatomiyasi, klinik xillarini tasvirlab berdi, davo va profilaktika usullarini ishlab chiqdi. Kuydirgi qo’zg’atuvchisini birinchi marta 1876-yilda R.Kox ajratgan, 1881-yilda L.Paster, 1883-yilda esa L.S.Senkovskiylar kuydirgiga qarshi vaksinalarini ixtiro qilganlar.

Kuydirgi kasalligining qo’zg’atuvchisi (basillus antrax) aerob, xarakatsiz tayoqcha bo’lib, uzunligi 5-10 mikron, eni 1-1,5mikronni tashkil etadi., tashqi sharoitga qarab tayoqchali ya’ni vegatativ va spora shaklida bo’ladi. Kuydirgi mikrobini virulentligi shundaki, tashqi qobig’ida va xayvon organizmida, spisifek kapsula xosil bo’lib, o’zidan kuchli zaxar (toksin) ishlab chiqaradi, shu bilan birga spora shaklida kislorod yetishmagan va quruq tuproqlarda 100 yilgacha yashash xususiyatiga ega.

Kuydirgi kasalligiga asosan qoramollar, qo’y va echkilar, ot, eshak xamda tuyalar moyil xisoblanadi. It, mushuk va yovvoyi yirtqich xayvonlar kasallikka kamroq chalinadi. Sovuq qonli xayvonlar va parrandalar kasallikka chalinmaydi. Shu bilan birga yovvoyi xayvonlar va yirtqich parrandalar (qarg’a, quzg’un va boshqa) kasallangan xayvon go’shtini yoki jasadini yegandan so’ng uzoq muddatdavomida kuydirgi sporasini axlati va siydigi yordamida kasallik qo’zg’atuvchisini tashqi muxitga tarqatadi.

Kasallik manbaalari bo’lib kasal xayvonlar, ulardan olingan maxsulotlar (go’sht, sut, teri va boshqalar), kasal xayvonlar o’lgan joydagi zararlangan tuproq xizmat qiladi. Kasallik o’ziga xos klinik belgilar bilan kechadi. Kasallikning yashirin davri 1-3, ba’zan 8 kungacha davom etadi. Kasallikning kechishi o’tkir, yarim o’tkir, ba’zan esa yashin tezligida boshlanganda xayvon birdan yiqilib, og’zi, burni, orqa teshikdan qon aralash suyuqlik (kupik) ajraladi va xayvon nobud bo’ladi. Oqqan qon ivimaydi.

Yirik shoxli xayvonlarda kasallik yarim o’tkir tarzda kechganda tana xarorati 40-45 darajagacha ko’tariladi, mushaklari qisqaradi, tomir urishi tezlashadi, nafas olganda shovqin paydo bo’ladi, qorin shishadi, orqa ichakdan axlat bilan qon aralash suyuqlik, siydik bilan qon ajraladi va xayvon nobud bo’ladi. Yirik shoxli xayvonlarda kasallik karbunkulyoz shaklida xam kechadi.

Otlarda kasallik qattiq sanchiq bilan boshlanadi, ichak turida kechadi va terida, boshda, kukrakda, yelinda, infeltratlar paydo bo’ladi. Kasallik karbunkulyoz turida ham kechishi mumkin, bunda infeltratlar chuqur joylashib, gangrena va parchalanish bilan tugaydi. Mayda shoxli mollarda kuydirgi yashin tezligida yoki o’tkir kechadi. Xayvonlar to’satdan tirishish, qon ketish alomatlari bilan nobud bo’ladi. Xayvonlar to’g’ri ichagi va jinsiy azolari shilliq qavatida tugunli yassi gemorragik shishlar paydo bo’ladi.

Cho’chqalarda sepsis alomatlari deyarli kuzatilmaydi, ko’pincha kasallik angina, ya’ni xiqqildoqning yallig’lanishi, bo’yin ko’krak qafasining shishuvi bilan o’tadi, tilde, qattiq tanglayda shish va karbunkul paydo bo’ladi, xayvon mexanik asfeksiyasi (bo’g’ilish)dan nobud bo’ladi. Cho’chqalarda kasallik ba’zan surunkali shaklda xam kechishi mumkin.

Kasallik qo’zg’atuvchilarning atrof muxitga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida kuydirgiga gumon qilingan xayvonlarni yorib ko’rish, tashish qat’iyan taqiqlanadi. Labarator tashxis uchun patmaterial mutaxasis tomonidan maxsus usulda olinadi.

Kasallik odamlarga kasal xayvonlarni parvarishlaganda, kasallangan xayvonlardan olingan teri, junga ishlov berganda, kasallangan xayvonlardan olingan sut va go’shtni istemol qilgan xollarda veterinariya mutaxasisi ruxsatisiz xayvonlarni so’yish, veterinariya ko’rigidan o’tmagan chorvachilik maxsulotlarni istemol qilish oqibatida yuqadi.

Odamlarda kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 14 kungacha, o’rtacha 2-3 kun davom etadi. Kasallik bir necha turda ko’proq teri turida kechadi. Bunda mikrob tushgan joyda qizg’ish yoki ko’kimtir rangda dog’ paydo bo’ladi, bu dog’ papulaga, bezikulaga, pustula va yaraga aylanadi. Yaraning usti qora parda bilan qoplanadi va og’riqsiz kechadi. Yaraga yaqin bo’lgan limfa bezlari zararlanib, limfadenit, sepsis paydo bo’ladi. Bemorda quvvatsizlik, tana xarorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi, qusis, jigar va taloqning kattalashuvi kabi alomatlari kuzatiladi. Odamlarda kuydirgining ichak turi kuydirgi qo’zg’atuvchisi bilan zararlangan go’sht istemol qilinganida, o’pka turi bilan esa kuydirgi tayoqchasi sporalarning nafas yo’llari orqali tushishidan rivojlanadi. Ichak va o’pka turlari keskin umumiy buzilishlar bilan kechib, odatda o’lim bilan tugaydi.

Kuydirgi kasalligining oldini olish uchun xayvonlarni o’z vaqtida ro’yxatga olib borish va ushbu kasallikka qarshi emlash, veterinariya sanitariya tadbirlarini, ya’ni dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlari o’z vaqtida o’tkazib turish, ayniqsa xayvonlarni veterinariya mutaxasislari nazorati ostida bo’lishi, mollarni belgilangan joylarda-maxsus qushxona va so’yish maydonchalarida so’yilishi muxim ahamiyat kasb etadi. Go’sht, sut maxsulotlari veterinariya sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan xolda istemolga chiqarilishi lozim. Kuydirgi kasalligi o’ta xavfli kasallik bo’lganligi sababli, unga qarshi tadbirlar to’liq davlat byujeti xisobidan, bepul o’tkaziladi. Lekin, takidlash lozimki, emlash tadbirlari samaradorligi, mavjud mollar to’liq ro’yxatga olinmaganligi, axoli tomonidan mol sotib olinganligi to’g’risida joylardagi veterinariya mutaxasislariga o’z vaqtida xabar berilmasligi mollarning emlanmay qolishi kasallik kelib chiqishi xavfini kuchaytiradi.

Kuydirgi kasalligidan saqlanish uchun:

-o’zingizga tegishli xayvonlarni xududingizdagi veterinariya muassasida ro’yxatga qo’ying, bu xayvonlarning kuydirgiga qarshi samarali vaksinalar bilan o’z vaqtida emlanishi garovidir;

-xayvonlarda xar qanday kasallik alomatlarini payqasangiz darxol veterinariya mutaxasisiga xabar bering, kasallikni o’zingiz aniqlash yoki davolashga urinmang;

-go’sht, sut maxsulotlarini faqat maxsus belgilangan joylarda xarid qiling, go’sht maxsulotlarida veterinariya ko’rigi xaqida tamg’a bo’lishiga etibor bering, go’sht sotuvchisidan veterinariya ma’lumotnomasini talab qiling;

-shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

 

 

  SEO va JS Nishon tuman bo’limi Epidimiolog vrachi:                   N.Bekkayev