Virusli gepatit A “iflos qo’l” kasalligi

78 Sariq kasalligi deb nom olgan virusli gepatit kasalligi yuqumli bo’lib, ularning bir necha turlari mavjud. Virusli gepatitning A va E turlari odamga og’iz orqali yuqadi va ko’proq bolalarda uchraydi. Kasallikka ko’p xollarda.

-qo’llarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish;

-meva sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish;

-suvni taynatmay ichish;

-ruxsat etilmagan ochiq suv xavzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda cho’milish;

-istemolga tayyor oziq-ovqat maxsulotlarga pashshalarning o’tirishi sabab bo’ladi.

Farzandlaringizga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishni o’rgating.

Kasallik quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi:

-darmon qurishi, uyquchanlik;

-ishtaxaning yo’qolishi, ko’ngilning aynishi (ayniqsa yog’ xidlariga nisbatan),

-ba’zida ovqatlangandan keyin qusish;

-xaroratni ko’tarilishi;

-ba’zan burunning bitishi, oqishi, bosh og’rishi (grippga o’xshash)

-ko’z oqi va pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq va terining sarg’ayishi;

-peshobning qizarishi (me’yorda peshob sarg’ish bo’ladi);

-najasining oqarishi (rangsizlanishi).

 

Yuqoridagi belgilarning birontasi kuzatilsa, zudlik bilan

shifokorga murojaat eting.

Kasallikning yuqish xavfi

Gepatitning yuqish xavfi kasallikning yashirin, boshlang’ich davrlari va sariqlik belgilarisiz kechadigan turlarida yuqori bo’ladi. Bunda bemor o’zi bilmagan xolda oila a’zolari va yaqinlariga kasallikni yuqtirishi mumkin. Viruslar bemorning sulagi, siydigi va najasida ko’plab miqdorda bo’ladi. Bemor foydalangan idishlar, choyshob, yostiq jild, kiyim-kechak, o’yinchoq, so’rg’ich, xojat anjomlari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari virus bilan zararlangan bo’lishi mumkin. Shuning uchun idishlarni maxsus yuvish vositalari yordamida yuvishga odatlaning. Pol, eshik tutqichlari va ishlatilishiga qarab boshqa buyumlarni, muntazam zararsizlantiruvchi vositalar bilan artib turing.

Virusli gipatit asoratlari bilan xavflidir.

Kasallikning belgilariga befarqlik bilan qarash, uning uzoq davom etishiga sabab bo’lishi mumkin.

Vaqtida zarur choralarning ko’rilmasligi esa jigar yetishmovchiligi, jigar serrozi kabi og’ir asoratlarni yuzaga keltirishi bilan xavflidir.

Esda tuting !

ovqatlanishdan oldin va xojatdan so’ng qo’llarni sovunlab yuving.

-meva va sabzavotlarni toza suvda yuvib iste’mol qiling.

-suvni qaynatib ichishga odatlaning.

-bolalarda qo’l, o’yinchoq va boshqa turli narsalarni og’izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi odatlarni shakllanishiga yo’l qo’ymang.

-chaqaloqlarni so’rg’ichga o’rgatmang.

-pashshalarni ko’payishiga yo’l qo’ymang.

-oziq-ovqat maxsulotlari va iste’mol qilinadigan suvni ochiq qoldirmang.

Salomatlikning oltin qoidasiga rioya etish kasallikni oldini olish demakdir.

-muntazam jismoniy tarbiya bilan shug’ullaning.

-kuniga kamida 7-8 soat uxlang.

-O’z vaqtida ovqatlaning.

-shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling.

Bu tanangizni chiniqtirib, baquvvatlashtiradi, kasallikka qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

Har bir ota-ona farzand salomatligi uchun ma’sul ekanligini unutmasligi lozim.

 

 

Bo’lim boshlig’i                                        A.B.Normuminov