Qizamiq va qizilcha yuqumli kasalliklaridan saqlaning

Qizamiq o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi, tana xaroratining ko’tarilishi, toshmalar toshishi va intoksikasiya belgilari namoyon bo’lishi bilan kechadigan kasallikdir. Ushbu kasallik bolalar o’rtasida ko’p uchraydi. Bir yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar uchun bu nihoyatda xavflidir. Kasallik asosan xavo-tomchi yo’li bilan yuqadi, chaqiruvchisi viruslar xisoblanadi. Xozirgi kunda qizamiq kam uchrasada, ba’zan bolalar uyushgan muassasalarida u bilan kasallanish xaligacha qayd etilmoqda. Kasallik manbai shu kasallik bilan og’rigan bemor xisoblanadi. Oxirgi 10-yillar davomida qizamiq kasalligi bolalar o’rtasida diyarli uchramagan. 2018-yil oxiri va 2019-yil yanvar oyida viloyatimizning ba’zi tumanlarida bu kasallik yana uchray boshladi. Kasallikni yuqishi juda baland bo’lganligi bois bu kasallikdan saqlanish chora tadbirlarini bilishimiz kerak. Qizamiq virusi bemorning burun-xalqum, yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarida to’planadi, bola gaplashganda, aksirganda, yo’talganda va yig’laganda u ajralmalar bilan tashqarganda chiqadi xamda sog’lom bolaga tez yuqadi. Bemor bola bilan birga bo’lgan boladan 95-96 nafari kasallanadi.

Qizamiq virusi tashqi muhitga juda chidamsiz, infeksiya o’yinchoqlari va uchinchi odam orqali 9-11 kun o’tgach, quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi: tumov, bug’iq yutal, ko’z yoshlanishi, yorug’likka qaray olmaslik, tana xaroratining 38-39 oC ko’tarilishi, lab, lunj va milk shilliq qavatlariga oq dog’lar toshishi.

Toshmalar dastlab quloq orqasiga, buyin-yuzga va qisman badanga, keyin esa bilakka va oyoqlarga toshadi. Toshmalar qizil rangda bo’lib bo’rtib turadi, katta-katta dog’ ko’rinishida bo’lib, bir biriga qo’shilib ketishi mumkin. Toshmalar qayerdan boshlab toshgan bo’lsa, shu tartibda qaytadi, o’rnida pust tashlaydigan dog’lar qoladi. O’z vaqtida davo choralari olib borilsa, tana xarorati normallashadi va bola tez sog’aya boshlaydi. Qizamiqdan so’ng bola organizmda shu kasallikka qarshi bir umrlik immunitet qoladi. Ko’pchilik bolalar qizamiqdan so’ng uzoq vaqt davomida bexol va lanj bo’lib uyqusi buziladi, chunki kasallikdan keyin bolada umumiy immunitet pasayadi. Kattalarda

qizamiqning  kechishi asosan markaziy nerv sistemasi buzilishi alomatlari: bosh qattiq og’rishi, uyqusizlik va qusish, ba’zan meningoensifalit asorati belgilari kuzatiladi.

                                                       Qizilcha

Qizilcha xam qizamiq kabi o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi belgilari va yana limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Ko’pincha qizilcha alomatlarsiz kechadi va bunday bemorlar kasallik tarqatuvchi manba bo’lib xizmat qilishlari mumkin. Qizamiq va qizilcha o’zining asoratlari bilan xavfli xisoblanib, bemorlar shifokorga kech murojaat qilishganda va davo choralari kech boshlanganda quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin: laringit, pnevmoniya, plivret, otit, stomotit, meningit, meningoensefalit, dispepsiya va enterokolit. Xomilador ayollar qizilcha bilan kasallanganda  xomilada quyidagi nuqsonlar rivojlanishi mumkin: miya chala rivojlanadi, karlik, ko’zning og’ir zararlanishi, yurak nuqsoni va boshqalar paydo bo’ladi.

Qizamiq va qizilcha kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlar: bolalik davridagi barcha profilaktik emlashlar va qizamiqqa qarshi emlash bu kasalliklarning oldini oladigan eng yaxshi vositadir. Qizamiq va qizilcha boshqalarga tarqalib ketmasligi uchun bemor bolani darxol o’z uyida alohidalab, zudlik bilan shifokor chaqirish zarur.

Bemor yotgan xona tez-tez shamollatib turilishi va u yotgan xonaga begonalar, ayniqsa yosh bolalar qo’yilmasligi kerak. Bemor oila a’zolari uning oldiga kirishdan oldin og’iz-burunlariga 4 qavatli doka niqob taqishlari shart. Agar bola bog’chaga, maktabga yoki kollejga qatnasa, shu muassasada vaqtincha karantin o’rnatilib, mas’ul tibbiy xodimlar kuzatuvi kuchaytiriladi. Bemor bola karanten vaqti tugamagunicha va tuliq tuzalmagunicha ushbu muassasalarga qatnamasligi lozim.

Xurmatli ota-onalar, avvalo farzandingizni bolalik davridan vaqtida kasalliklarga qarshi profilaktik emlating va albatta qizamiqqa qarshi xam emlating. Mabodo ma’lum sabablarga ko’ra bolangizda qizamiq va qizilcha kasalliklarning belgilari paydo bo’lsa, darxol shifokorga murojaat qiling, aks xolda ushbu kasalliklar og’ir asoratlarga olib kelishi, xattoki o’lim bilan tugashi xam mumkin. Bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi!

 

SEO va JSX Nishon tuman bo’limi

Vrach epidimiolog:                                                                 J.Safarov