Bakterial yuqumli zooantroponoz (odamlarga va xayvonlarga xos) kasalliklari orasida o’ta xavfli yuqumli kasalliklarning o’rni alohida takidlanadi. Brusillyoz karantin qo’yilishi shart kasalliklar jumlasiga kiradi. Xayvonlar brusillyozi (qora oqsoq) keng tarqalish xususiyatiga ega bo’lib, ommaviy bola tashlash, qisir qolish, maxsuldorlikning kamayishi, yosh mollarning yashovchanligining pasayishi bilan, ba’zan esa umuman klinik belgilarisiz kechadi.
Kasallikning qo’zg’atuvchisi brusilla guruxiga mansub mikroblar bo’lib, uning olti tipi ko’proq o’rganilgan: qoramollar brusillasi, cho’chqalar brusellasi, kemiruvchilar brusellasi, qo’chqorlar brusillasi, itlar brusillasi va qo’y-echkilar brusellasi. Bularning ichida insonlar uchun eng xavflisi qo’y-echki brusellasi xisoblanadi.
Brusellalar tashqi muhit sharoitida ancha chidamlidir:muzlatilgan go’sht mahsulotida 1,5 yilgacha yashaydi, xom va yaxshi pishirilmagan go’shtda 30 kungacha, brinza va pishloqda 15-40 kungacha, sutda 3-4 kungacha o’zining yashovchanligini yo’qotmaydi. 70oC darajali issiqlikda 30 daqiqada zararsizlanadi, qaynatilganda darxol zararsizlantiriladi. Tibbiy sharoitda xayvonlar brusellyoz qo’zg’atuvchisi bilan zararlangan yem-xashak, suvni iste’mol qilganda, ko’z burun bo’shlig’ining shilliq pardasi orqali, shuningdek, jaroxatlangan teri orqali xamda xayvonlarni urug’lantirishda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganda kasallanadi. Eng xavflisi, kasal mollar bola tashlash vaqtida o’zidan ko’p miqdorda brusella mikroblarni tashqi muxitga ajratadi va yem-xashak, suv, chorvachilik asbob-uskunalarini zararlantiradi.
Shuning uchun kasal molar o’z vaqtida podadan ajratilishi va kasallikga qarshi maxsus veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshirilishi zarur. Odamlarda brusellyoz kasalligiga chalinish va uning tarqalishiga asosiy sabab xujaliklarda mollarning veterinariya ko’rigidan to’liq o’tkazilmasligi, ular orasida kasal mollar bo’lishi, xayvonlarning o’zboshimchalik bilan bir podadan ikkinchisiga o’tkazilishi, yaxshi ishlov berilmagan chorvachilik maxsulotlarini (qaynatilmagan sut, six kabob va boshqa) iste’mol qilish va nixoyat bozorlardan veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o’tkazilmagan chorvachilik maxsulotlarini xarid qilinishidir. Odamlarda kasallik tana xaroratining 39-400C gacha ko’tarilishi bilan boshlanib, xolsizlik, ter oqishi, uyqusizlik, artrit, nevrit, orxit, epidemit kabi klinik belgilar bilan kechadi. Kasallikning yashirin davri 1-2 xafta yoki bir necha oygacha bo’lishi mumkin. Klinik kechishiga qarab brusillyozning o’tkir (3 oygacha), cho’ziluvchan (6 oygacha) va surunkali (6 oydan ortiq) turlari farqlanadi. Brusillyoz organizmning umumiy kasalligi xisoblansa xam, unda tayanch-xarakat, yurak-tomir va nerv sistemalari jarohatlanishi yaqqol ifodalanadi.
O’tkir brusillyozda bemor loxas bo’ladi, tez charchaydi, kayfiyati buziladi, ishtahasi pasayadi, keyin kasallikning avj olish davri boshlanadi. Bunda junjikish, qaltirash bilan isitma 38-390C darajagacha ko’tariladi, kuchli terlash kuzatiladi. Kundalik isitma o’tkir brusillyozda remittirlovchi (takrorlanuvchi) xususiyatga ega bo’lib odam ko’p xollarda ish qobiliyatini yo’qotmaydi.
Bemorni ko’zdan kechirganda teri oqargan, nam bo’ladi. Periferik limfa tugunlarning kattalashishi o’ziga xos belgi xisoblanadi. Bo’yin, qo’ltiq osti, chov bezlari kattaligi loviyadek bo’lishi mumkin. Jigar va taloq kattalashishi brusilyozga xos alomatlardan biri xisoblanadi. Bu davrda bo’g’imlarda biroz og’riq bo’lsa xam, tayanch-xarakat apparati sezilarli jaroxatlanmaydi. Kasallik to’g’ri davolansa 2-3 xaftadan so’ng alomatlari yo’qolib, bemor tuzalishi mumkin.
Surunkali brusillyozda jinsiy a’zolarning jaroxatlanishi xam ko’p uchraydi. Surunkali brusillyozda tayanch-xarakat apparati jaroxatlanishi birinchi o’rinda turadi. Bo’g’imlar, bug’im xaltachasi va muskullar shikastlanishi tufayli bemor og’riq sezadi, bo’g’im shishadi, xarakat cheklanadi. Tayanch-xarakat apparati jaroxatlanishi va nevritlar oqibatida bemor nogiron bo’lib qolishi mumkin. Brusillyoz bilan og’rigan bemor kasallikning o’tkir davrida va surunkali turi zo’rayganida shifoxonada davolanadi. Davolash kursi 7-10 kun. Zaruriyat bo’lganida bir xafta oralatib, antibiotik bilan 2-davolash kursi olib boriladi. Kasallik avj olmagan davrida fizioterapevtik muolajalar bemor axvolini yengillashtiradi. Kasallik olti oydan so’ng surunkali aktiv turiga o’tib, nogironlikka olib kelishi mumkin. Shu kungacha odamlarning brusillyoz bilan kasallanishi bevosita kasal xayvonlar bilan yaqin aloqada bo’lganda sodir bo’ladi deb o’ylashardi. Xozirgi kunda bu kasallik xayvonlar bilan umumiy ishlamaydigan kishilar orasida xam uchrayapti. Bunga sabab, insonlarning chorva maxsulotiga bo’lgan talabni qondirish maqsadida ko’cha-kuylarda savdo qiluvchi soxta “tadbirkorlar”dan veterinariya ko’rigidan o’tkazilmagan sut-go’sht maxsulotlarini xarid qilib iste’mol qilishidir.
Ayniqsa, bu baxor oylarida-organizmda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimining kuchsizlanishi kuzatiladigan paytda jiddiy tus oladi. Bahorgi qo’y-echkilarni qo’zilatish (to’l) davrida kasallikni tarqatish va yuqtirib olish xavfi kuchayadi, chunki bu mavsumda bilib-bilmay yoshlar va xotin-qizlarning ham ishtirok etishi kuzatiladi. Kasallikga chalinmaslik uchun xayvonlarni xarid qilishda ularning sog’lomligini tasdiqlovchi veterinariya xujjatlarini talab qilish; xar doim shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish lozim.
-Xayvonlarni veterinariya muassasalarida ro’yxatga qo’yish, diagnostik tekshirish, dezinfeksiya o’tkazish xaqidagi veterinariya mutaxasislari tavsiyalarini so’zsiz bajarish kerak.
-veterinariya-sanitariya ekspertizadan o’tkazilmagan va veterinariya xulosasiga ega bo’lmagan chorvachilik maxsulotlarini (sut go’sht va go’sht maxsulotlarini) iste’mol qilmaslik kerak;
-mayda shohli mollarni qo’zilatish mavsumida brusillyoz kasalligi xaqida tushunchasi bor kishilarni jalb qilish va shaxsiy gigiyena talablariga qat’iy etibor berish;
-xayvonlarda bola tashlash, yo’ldoshning ushlanib qolinishi, metrit, oqsoqlanish va urug’donni kattalashishi belgilari uchraganda darxol veterinariya mutaxasisiga xabar berish.
SEO va JSX Nishon tuman bo’limi
Vrach epidimiolog: D.Sherov