Bezgak Dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.U dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qayt etilgan bo‘lib, shu mamlakatlar iqtisodiyoti xamda axolisining salomatligiga ulkan zarar keltiradi. O‘tmishda bezgak kasalligi O‘zbekistonda xam keng tarqalgan edi. Kasallik natijasida odamlar xolsizlanib, ishlay olmasdilar, ko‘p xollarda esa vafot etardilar. Bezgakka qarshi qattiq kurashish natijasida u 1961 yilda Respublikamizda yuq qilindi. 90-yillar boshida qushni Tojikistonda bezgak epidemiyasi boshlandi. O‘zbekiston bilan Tojikiston orasida axolining faol qatnovi natijasida O‘zbekistonga infeksiya ommaviy ravishda kirib kela boshladi. Natijada ayniqsa janubiy viloyatlarda yashovchi axoli orasida Tojikistondan kirib kelgan bemorlardan kasallikni yuqtirish xollari qayt etila boshlandi. 2005 yilda tumanimiz axolisi o‘rtasida xam ana shunday xollarda 4 ta kasallik qayt etildi. Dunyoda vujudga kelgan bezgak buyicha epidemiologik xolatni xisobga olib Umumjaxon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti 2007 yil 25 aprel kunini «Bezgak kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash kuni» deb e’lon qildi. Ko‘rinib turibdiki bezgak-umumjaxon muammosi sifatida etirof etilmoqda, chunki bezgak bilan xar yili 300 milliondan ortiq odam xar yili bezgak dardiga chalinadi, shundan xar yili 1 milliondan ortiq, xar kuni esa 3000 dan ortiq inson xayotdan ko‘z yumadi.
Bezgak nima va undan qanday ximoyalanish mumkin? Bezgak-bu xavfli yuqumli kasallikdir. Uni juda kichik parazitlar plazmodiylar quzgatadi, ularni faqat mikroskop asbobida kurish mumkin. Ular inson qonida yashab, ko‘payadilar. Ular qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi xamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon tomir tizimi xamda organizmning boshqa a’zolarini ishdan chiqaradi, agar davolash o‘z vaqtida boshlanmasa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kasallik belgilari ko‘pincha oddiy shamollash kabi boshlanadi: bosh va bugimlarda og‘riq, xolsizlanish, ko‘ngil aynishi va yo‘taldan shikoyat qiladilar, 2-3 kun utgach esa tana xarorati ko‘tarilib bezgakning tipik xuruji boshlanadi. Bu xuruj 3 bosqichda davom etadi.1- bosqichda kutilmaganda kunning aniq bir vaqtida bemorni kuchli titrok bosadi. Bemor muzlaydi, tishi tishiga tegmay xech isina olmaydi. 2-bosqichda 10-15 daqiqadan so‘ng xarorat ko‘tarilishi boshlanadi. Tana xarorat 39-41S0 gacha oshadi. Bemor bosh og‘rig‘idan qiynaladi, butun tanada og‘rik sezadi. Bu xol bir necha soat davom etadi. 3-bosqichda esa terlash davri keladi. Tana xarorati keskin pasayadi. Bemor qattiq terlaydi. Keyin bemor odatda tinchlanib xolsizlanib uxlab qoladi. Uyg‘onganda esa o‘zini sog‘lom sezadi. Bunday xolat 1-2 kunda qaytalanadi. Xaftadan keyin bemorda jigar va taloqning kattalashuvi, kamqonlik kuzatiladi. Kasallikni erta aniqlash, davolash va uning boshqalarga yuqishining oldini olish maqsadida bezgak belgilariga o‘xshash belgilar paydo bulishi bilan albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun qonni bezgakka tekshirib kurish shart va siz oxirgi kunlarda Xorijiy davlatlarda bo‘lgan bulsangiz, bu xaqda shifokorga albatta xabar bering.
Esda tuting! Faqatgina o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolanish kasallikni og‘irlashishining oldini oladi.
Odam bezgakni qanday yo‘qtiradi? Bezgak kasalligi sog‘lom odamga bemordan yoki ushbu kasallik bilan kasallanib yaxshi davolanmasdan kasallik tarqatuvchi bo‘lib qolgan kishilardan bezgak pashshalar chaqishi orqali o‘tadi. Bezgakdan ximoyalanish choralari xam bezgak pashshalari chaqishini oldini olishdan iborat. a) Xonalarga pashshalar kirishining oldini olish, deraza va eshiklarga maxsus ximoya turlari tutish; b) Tashqarida uxlaganda pashshaxonalardan foydalanish: v) Pashshalarning kechqurin va kechasi xujum qilishini xisobga olib tananing ochiq qismlariga pashshani chuchituvchi vositalar krem, maz va boshqalar surtish. Bundan tashqari bezgak pashshalari ko‘payadigan keraksiz suv xavzalarini yuqotish. Botqoqliklarni qo‘ritish, sholipoyalarda dorilash ishlarini olib borish zarur. Ariq va zovurlarda tegishli gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bezgakni faqat tibbiy xizmat yordamida yengib chiqish juda qiyin. Buning uchun barcha tashkilotlar va muassasalar xususiy va davlat korxonalari kuchlarini birlashtirish zarur. Shuningdek xar kim bu kasallik xaqida ma’lumotga ega bo‘lishi, xamda uning oldini olish yo‘llari bilan tanish bo‘lishi shart.
SEO va JSX Nishon tuman bo’limi
Parazitologiya va laboratoriya bo’lim mudiri: O.Turdiev