O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va Ma’muriy amaliyot bo‘limi faoliyati bo‘yicha.
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, xuquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
1.2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistoi Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, karorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining karorlari va farmoyishlariga, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining karorlari, buyruk va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga amal kiladi.
1.3. Bo‘lim faoliyatini bo‘lim boshlig‘i boshqaradi, o‘z faoliyatida tuman bo‘limi boshlig‘iga buysinadi va hisobot beradi.
1.4. Bo‘lim mutaxassislari bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysinadi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
1.5. Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari.
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari xisoblanadi:
2.1. Bo‘lim, Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan o‘tkazilgan tekshirishlarini taxlil kiladi va muvofiklashtiradi;
2.2. Sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralarini ro‘yxatga oladi va amaliyotga rahbarlik qiladi;
2.3. Bo‘limda tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha tahlil qiladi va tegishli hisobotlarni yuritadi;
2.4. Soxaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘lim va davlat idoralari bilan hamkorlik qiladi;
2.5. Tekshirishlar va ma’muriy javobgarlik choralari yuzasidan hisobotlarni yuqori organga yuboradi;
2.6. Tadbirkorlik subektlarida tekshirish o‘tkazish huquqini berish uchun mansabdor shaxslarni o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tishga tayyorlaydi.
2.7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni xam amalga oshiradi.
3-bob. Funksiyalari.
3.1. Bo‘limning tegishli bo‘limlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan tekshirish o‘tkazish rejasini talab qilib oladi, amaldagi tartib-taomillarga muvofiqligini o‘rganadi, muvofiklashtiradi va tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron tizimiga kiritadi;
3.2. Sanitariya-epidemiologiya soxasida qonun buzilishlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalarini qabul qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganadi va ma’muriy amaliyotga rahbarlik qiladi;
3.3. Ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma va jarima solish to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron bazaga kiritadi;
3.4. Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlariga tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha uslubiy yordam beradi, faoliyatini o‘rganib boradi va bo‘lim boshlig‘iga taklif kiritadi;
3.5. Bo‘limning statistik hisobotlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘limlarga amaliy yordam ko‘rsatadi;
4-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
4.1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
4.2. Bo‘lim faoliyatida tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy huquqiy ta’sir choralarni qo‘llash soxasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish;
4.3. Tekshirishlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot soxasida aniklangan kamchiliklarni bartaraf etish;
4.4. Tadbirkorlik subektlarida tekshirishlar o‘tkazishga doir konun xujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hakida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogoxlantirish yoki ulardan tilxat(kafolat xati) olish;
4.5. Bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim mutaxassislari topshiriklarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi uchun javob beradi;
4.6. Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
4.7. Yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
4.8. Bo‘limning yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
4.9. Faoliyatiga oid qonun hujjatlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
4.10. bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida rahbariyatiga takliflar kiritadi;
4.11. bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
4.12. Bo‘lim mutaxassislari:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
boshliq va bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;
4.13. Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan va oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayinlanadi.