Nishon tumanining shimoliy –g‘arbiy qismi Mirshikor, shimoliy –sharqiy qismi Qarshi, Janubiy sharqiy qismi Guzor, Janubiy qismi esa Turkmaniston Respublikasi Lebap viloyat bilan chegaradoshdir. Bu viloyat bilan Respublikasizga kirish chegarasi Tibbiyot Sanitariya nazorati punkti uzluksiz faoliyat ko‘rsatayapti. Talimarjon suv ombori va undan boshlanadigan Qarshi bosh kanali boshlanishi qismi Nishon tumani chegarasidan joylashgan. Janubiy yo‘nalishagi poyezdlar tumanimiz chegarasidan Nishon shoxbekat orqali o‘tadi. Nishon avtoshoxbekati tumanimiz markazi bilan barcha aholi punktlari , Nuriston (Talimarjon GRES) posyolkasi va Talimarjon shahrini shu avtoshoxbekat jadvallari bo‘yicha qatnayotgan transport vositalari orqali bog‘laydi.