Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi 34-864-sonli qaroriga binoan tasdiqlangan 0063-24-son SanQvaN talablari asosida, ta’lim tashkilotlarida va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda quyidagilarga qat’iy rioya qilinadi:
👁Ko‘z salomatligini muhofaza qilish choralari:
📌Monitor va planshetlardan foydalanishda optimal masofa 70 sm, ish yuzasigacha esa 25 sm dan kam bo‘lmasligi lozim.
📘Ish joylari chap tomondan tabiiy yorug‘lik tushadigan tarzda joylashtirilishi lozim.
🧮O‘quvchilar muntazam ko‘z gimnastikasini bajarmog‘i zarur.
🗳Gadjetlardan foydalanish vaqtiga yoshga qarab cheklovlar:
✏️5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga elektron ta’lim vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Dars vaqtida:
1–4 sinflar – 10–20 daqiqagacha;
5–11 sinflar – 15–35 daqiqagacha.
🪩Uy va maktabdagi umumiy foydalanish muddati sinf darajasiga qarab 80–170 daqiqa orasida belgilanadi.
🔗Belgilangan sanitariya-me’yorlariga amal qilinmagan hollarda:
Ko‘zning qizarishi, xiralashishi, bo‘yin-yelka og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i kabi belgilar kuzatilganda, bola shifokor ko‘rigiga yuborilishi kerak.
⚡️Sanepidqo’mita Axborot xizmati