Mavsumiy o‘tkir respirator virusli kasalliklarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li organizm immunitetini ko‘tarishdir.

✅Quyidagi mahsulotlar juda foydali:
🍋Limon. Uni maydalab, biroz shakar qo‘shib kun davomida uch martagacha bir choy qoshiqchadan iste’mol qilish
🥔Na’matak. Na’matak sharbati
Bu ichimlik immunitetni ko‘taradi.
🥬Tuzlangan karam. Tuzlangan karamga biroz zaytun moyi va mayda to‘g‘ralgan boshpiyoz qo‘shib iste’mol qilish koni foyda.
🧅Piyoz. Piyoz tabiiy antibotik hisoblanadi.
🧄Sarimsoq. Shamollash va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydalidir.
🍚Tvorog. Uy sharoitida tayyorlangan tvorog ayniqsa o‘ta foydali.
🥚Tuxum. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, V2, V5, V6, V9, V12, D, K kabi vitaminlar, shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganes temir kabi foydali vitaminlar bo‘ladi.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati