Sinf xonalaridagi parta, stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

✔️ 2 o‘rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo‘lmasligi kerak;

✔️ Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;

✔️ Parta qatorlari bilan ichki devor, to‘siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

✔️ Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

✔️ Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;

✔️ Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

✔️ Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo‘lishi kerak.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.