Teri leyshmaniozi — terining iskabtopar chaqishi mumkin bo‘lgan ochiq qismida bir yoki bir necha yara hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan trasmissiv parazitar kasallikdir.
Teri leyshmaniozi zoonoz xilining asosiy manbayi turli xil qum sichqonlari hisoblanadi. Kasallikni yuqtiruvchi iskabtopar chivinlar — hisoblanadi. Ular sahroda qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi. Kasallik transmissiv yo‘l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskabtopar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to setabr oyining oxirigacha davom etishi mumkin. Iskabtoparlar asosan tunda, ko‘proq kechqurun yarim tungacha chiqadi. Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz leyshmaniyalar (amastigotlar) bir sutka davomida xivchinli (lentomonal, promastigot) shaklga o‘tadi va to‘rtinchi sutkada iskabtopar tomog‘ida to‘planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon so‘rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu tariqa kasallik yuqadi
Profilaktik choralar asosan kasallik keng tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasallik manbayi bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi. Iskabtoparlar chivin chaqishidan ximoyalanish uchun eshik va deraza romlariga tur pardalar tutush, yoz mavsumida pashshaxonalardan xamda chuchituvchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi
parazitologiya bo‘limi entomolog vrachi: R.Kuchkinov