Quturish- hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda 100 foiz o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Odamlar uchun kasallik manbai bo‘lib quturish bilan kasallangan yovvoyi hayvonlardan- bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, uy hayvonlaridan asosan it shuningdek mushuk hisoblanadi. Odamda quturish kasalligi 90-95 % hollarda itlardan yuqadi.
Odamda quturish kasalligi shu kasallikka chalingan hayvonlar tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek jaroxatlangan teri va shilliq qavatlarga so‘lagi tushishi natijasida yuqadi.
Kasallikning yashirin davri 7 kundan bir yilgacha, ko‘pincha 2-3 oy davom etadi.
Quturish kasalligi odamga faqatgina quturgan hayvon tishlaganda yuqadi, sog‘lom hayvon tishlaganda odam kasallanmaydi, faqatgina quturish kasalligining davosi yo‘qligi 100 foiz o‘lim bilan tugashini, kasallikning oldini olishning birdan-bir yo‘li quturishga qarshi vaksina olish ekanligini inobatga olib, siz har qanday hayvondan jarohatlanganda ham tibbiyot xodimlariga murojaat qilib quturishga qarshi vaksina olishni unitmag.
Vrach epidemiolog: J.Safarov