Gripp mavsumini grippsiz o’tkazing.

Gripp- keng tarqalgan o‘ta yuqumli o‘tkir respirator kasallikdir. Gripp virusi bemor odamdan yo‘talganida, havo tomchi yo‘llari orqali tez sog‘lom odamga yuqadi.

Gripp- kasalligi yilning har qanday faslida ham uchrashi mumkin, ammo kasallik ko‘proq yilning sovuq-salqin fasllarida, ya’ni kuz va qish fasllarida keng tarqaladi. Bunday mavsumiylikning sabablaridan biri, sovuq faslda odamlar o‘z vaqtlarini ko‘pincha yopiq xonalarda, binolar ichida o‘tkazishlari, binolarda havo almashinuvining yomonlashuvidir.

Gripp va o‘tkir respirator kasalliklar bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan aholi guruhlariga ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘luvchi ishchilar, uyushgan jamoalardagi bolalar, talabalar, maktab o‘quvchilari, harbiy xizmatdagilar, savdo va transport xodimlari, surunkali bemorlar kiradi. Gripp har qanday yoshdagi odamlarga, ayniqsa yosh bolalarga tez yuqadi.

 

Kasalik belgilari

Kasallik to‘satdan boshlanib, kasallik yuqqandan so‘ng bir necha soat yoki 1-2 kun o‘tgach boshlanadi. Tana harorati 38,5-39,50 S gacha ko‘tariladi, uning belgilari shiddat bilan rivojlana boshlaydi. Bemor o‘zini lohas sezadi, boshi og‘riydi, burun, tamoq quruqlashib achishadi, ko‘zlardan yosh oqadi, mushaklarda og‘riq paydo bo‘ladi, behollanadi. Tez-tez aksiradi. Yo‘tal, tumov alomatlari paydo bo‘ladi.

Gripp bilan og‘rigan bemorlar o‘z vaqtida davolanmasa bronxit (bronxlarning yallig‘lanishi),  o‘tkir pnevmoniya (o‘pkaning yallig‘lanishi), surunkali pnevmoniya yoki bronxitni zo‘riqishi hamda sinusit (peshona bo‘shliqlarining  yallig‘lanishi), otit (quloqning yallig‘lanishi), tonzillit, angina (tomoqni yallig‘lanishi) kabi og‘ir asoratlarga olib keladi.

Bemor ko‘proq suyuqlik ichishi (malina, smorodina qiyomi, limon qo‘shilgan choydan) ichishi lozim. Bemorning harorati oshganda ko‘proq suyuqlik-quruq mevalar  qaynatmasi meva sharbatlari  ichib turish lozim.

 

Grippning oldini olish

 

Gripp kasalligi keng tarqalgan vaqtda quyidagilar tavsiya etiladi:        

  • Sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya qiling (shu jumladan, to‘yib uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni saqlab turish);
  • Xonangizni tez-tez shamollatib turing;
  • Kasallik belgilari mavjud bo‘lgan kishilardan uzoqroq yuring;
  • 4 qavatli doka niqob tutib, uni xar 2 soatda almashtirib turing;
  • Grippga qarshi emlaning. Oksalin mazini doimiy ravishda burun ichiga surtib yuring.
  • Qo‘llarni doimiy ravishda sovunlab yuvish infeksiyalarni yuqishini oldini oladi va 50 % ga kamaytiradi.

 

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi

Epidemiologiya-immunologiya bo’limi mudiri :                                                       J.Safarov