Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Nishon tuman bo‘limida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda korrupsiya atamasi, ya’ni Korrupsiya (aynish, buzish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning oʻz mansabi yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishni anglatishi haqida tushuntirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Nishon tuman bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Nishon tuman bo’limi tomonidan davlat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarida amalga oshirilayotgan sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar hamda olib borilayotgan targ’ibot ishlari davomida ta’magirlik qilmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, imtiyozlar olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklarni taklif qilmaslik, korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik haqida ta’kidlab o’tildi. Shu kabi masalalar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini bo‘limda tashkil qilingan yagona murojaatlarni kirim qilish kitobiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda berilishi xamda bu kabi masalalar bilan bevosita Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yilganligi aytib o’tildi.
Yuqoridagi ta’kidlab o’tilgan korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’yilganda har bir xodim qonun oldida qat’iy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
SEO va JSQ Qashqadaryo viloyati
Nishon tumani bo’limi Korrupsiyaga
qarshi kurashish ichki tuzilmasi
mas’ul xodimi : N.Bekkayev