MENINGOKOKK- infeksiyasi burun –xalqum shilliq qismi, miya yumshoq qobig‘ining o‘ziga xos yallig‘lanishi bilan kuzatiluvchi sog‘lom bakteriya tashuvchilikdan kasallikning og‘ir formalarigacha kuzatiluvchi, bakteriyalar keltirib chiqaruvchi havo-tomchi usuli bilan (aspiratsion) yuqadigan, faqat insonlarga xos, ko‘proq kuz-qish mavsumlariga to‘gri keluvchi, aksariyat hollarda uyushgan jamoalarda va odamlar ko‘plab to‘planadigan, zich joylashgan yopiq joylarda ( bozorlar, majlis zallari. yotoqxonalar, xarbiy kazarmalar, vokzallar, poyezd vagonlari, to‘yxonalarda) tarqalishi ehtimoli mavjud yuqumli kasallikdir. Meningokokk infeksiyasi havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar guruhiga mansubdir.
Kasallikning odamga yuqib belgilari namoyon bo’lgunga qadar yashirin davri 2-10 kun bo’lib aksariyat hollarda 2-4 kunni tashkil qiladi. Meningokokk infeksiyasining local (mahalliy) va tarqalgan shakllari hamda bakteriyalarni tashuvchanlik farqlanadi. Meningokokk Infeksiyasining eng ko’p kuzatiladigan formasi bu Nazofaringit (burun va yutqunda yallig’lanishning kuzatilishi) mahalliy shaklidir. Kasallikning ushbu shakli umumiy xolsizlik, bosh og’rishi, tomoqda og’riq paydo bo’lishi, quruq yo’tal, burun bitishi, ba’zi hollarda burundan yiringli –shilliq ajralmalar kelib turishi bilan namoyon bo’ladi.
Bemor harorati 38-390 darajagacha ko’tarilib 3-7 kunda tuzalib ketadi, lekin bemor atrofdagilar uchun 2-haftagacha, ba’zan 6-haftagacha yuqumli bo’lishi mumkin. Alohida holatlarda meningokokk infeksiyasining og’ir kechuvchi tarqoq formasi rivojlanadi. Kasallikning bu ko’rinishi o’tkir boshlanadi. Bemorni qaltirash (varaja) kuchli bosh og’rishi, yuqori harorat, muskullarda-bug’imlarda og’riq bezovta qiladi. Bemor qusadi. Xarakterli belgilardan yana har xil ko’rinishdagi teridan ko’tarilib turuvchi qontalash-toshmalar tananing distal (pastki ) qismlarida joylashadi. Kasallikning og’ir shakllarida burun, oshqozon ichak, bachadondan qon ketishlar kuzatiladi. Intoksikatsiya (tanada zaharli moddalar ko’payishi) ko’chayib bemor terisi quriydi, rangi oqarib tili karash bilan qoplanadi, bemor chanqab-ishtahasi yuqoladi. Bemor kon bosimi pasayadi,yurak kon tomir tizimida uzgarishlar kuzatilib yurak ritmi uzgaradi.Bemorda buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. Bunaqa alomatlari kuzatilgan bemorlarni qisqa vaqt ichida maxsus epidemiyaga qarshi chora tadbirlarga –shifoxona ichi infeksiyalari qoidalariga to’liq amal qiluvchi yuqumli kasalliklarga xizmat ko’rsatuvchi profilli maxsus shifoxonalarning «BOKS» palatalariga bemorni yetkizib davolash maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda aytish kerakki yuqoridagi alomatlar kuzatilgan har qanday bemorlarga tez-tibbiy yordam ko’rsatuvchi tibbiyot xodimlari alohida qoidalarga amal qilishlari o’z salomatliklari uchun juda muhimdir. Bemor qayd etilgan uyda va uyushgan jamoalarda epidemiyaga qarshi tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish kasallikni tarqab ketmasligida muhim o’rin egallaydi:
Bemor qayd etilgan uyda yaqin muloqatda bo’lganlar vrach epidemiolog ko’rsatmasi bilan mahalliy tibbiyot xodimlari tomonidan hisobga olinadi, o’choq chegarasidagi fuqarolar 10-kun davomida kuchaytirilgan tibbiy kuzatuv ostida bo’lib isitmasi o’lchab boriladi, toshma toshishi, kasallik alomatlari bor yo’qligiga LOR vrachi tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazib turiladi.
Bemor bilan muloqatda bo’lganlar ichidan tibbiy ko’rikda aniqlangan burun- xalqumida patologiyasi (yallig’lanishi) borlar, bakteriya tashuvchilar maxsus sanatsiyadan o’tkaziladilar.
MTM (maktabgacha ta’lim muassasalari) bolalar uylarida va boshqa uyushgan jamoalarga kasallik ro’yhatga olingan uydan jamoaga qatnashuvchilar (ishlaydiganlar) 10 kun davomida kollektivga qo’yilmaydilar.1-marta bakteriologik tekshiruv manfiy natijasi bilan jamoaga kirishlari ruhsat etiladi.
Meningokokk infeksiyasiga chalingan bemor qayd etilgan MTM, bolalar uylariga yangi ishchilarni, bolalarni qabul qilish vaqtincha to’xtatiladi. Guruhlarda bolalarni va ishchi xizmatchilarni bir guruhdan boshqasiga o’tkazish taqiqlanadi.
Bemor bilan muloqatda bo’lganlarni meningokokk bakteriyalarini tashuvchilarini aniqlash maqsadida surtma olib tekshirish o’tkaziladi. Noaniq sababli toshmalari mavjud kasallik o’chog’i chegarasidagi muloqatdagilar va boshqalarni Meningokokksemiyani (miya qobig’ini shikastlantirmagan Sepsis) inkor etish maqsadida yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yetkiziladi.
Rekonvalesentlar (Meningokokk infeksiyasi bilan og’rib o’tib sog’ayganlar) shifoxonadan chiqarilganidan 10 kun o’tkanidan keyin 1-marta bakteriologik tekshiruv manfiy natijasi bilan o’z jamoasiga qo’yiladi. Bemorga nisbatan alohida dispanser kuzatuvi amalga oshirilmaydi, kasallik o’chogida rasmiy dezinfeksiya ishlari qilinmaydi.
Kuz fasli kirib kelishi havo-tomchi infeksiyalarining paydo bo’lishi tarqalishi uchun eng qulay shart-sharoit ekanligini unutmaslik kerak.
Shuning uchun uyushgan jamoalar (MTM, bolalar uylari va boshqalar)ga Meningokokk infeksiyasi, Gripp, O’RVI va boshqalar kirib kelishini oldini olish maqsadida ertalabki qabul qilish filtr kuzatuvini qatnovchilar o’rtasida sifatli-vijdonan amalga oshirish o’ta muhim tadbir hisoblanadi.
Tibbiyot muassasalarida uyushgan jamoalarda Gripp kasalligiga qarshi emlash, to’liq «NIQOB» rejimiga o’tish vaqti allaqachon keldi. Yuqorida qayd etilgan jamoalarda guruhlar xonalarini, o’quv xonalari auditoriyalarini, tibbiyot muassasalarida bemorlar palatalarini tez-tez shamollatish, Antiseptiklar va dezinfeksiya vositalarini qo’llagan holda nam yig’ishtirish tozalash ishlari olib borish yuqorida qayd etib o’tilgan kasalliklarni oldini olishda yaxshi samara beradi!
Meningokokkga qarshi emlash Meningokokkning A va S serovariantlari chaqirgan turlariga qarshi POLISAXARID areaktogen, zararsiz, faol immunogen vaksinalari bilan Profilaktika va Epidemik ko’rsatma asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan !
SEO va JSQ Nishon tumani bo’limi
Vrach Epidemiolog-immunologi SHEROV.D.SH.