Sil- Tuberkulyoz turli azolar asosan o’pkada o’ziga xos yallig’li o’zgarishlar ro’y berishi bilan tavsiflanadi yuqumli surunkali kasallik. Sil kasalligi qadimdan ma’lum. Odamlarda kasallikning asosiy manbai o’pka sili bilan og’rib, mikrobakteriyalar aralash balg’am tashlab yuradigan bemorlardir. Tuberkulyoz xammadan ko’p xavo-tomchi yo’li bilan tarqaladi. Yo’talganda, aksirganda mikrobakteriyali balg’am va shilliq zarralari xavoga tarqalib atrofidagi buyumlarga tushadi.
Sil mikrobakteriyasi, asosan, nafas yo’llari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muxitning turli ta’sirlariga juda chidamli bo’lib, o’zining yashash va ko’payish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saqlab qoladi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yetarli uzoq muddat saqlanib qoladi. Sil mikobakteriyalarning atrof-muxitga uzoq vaqt saqlanishi sil kasalligining idish-tovoq, kiyim-kechak, o’rin-ko’rpa va boshqa orqali yuqish extimolini tug’diradi.. Kasallikning ochiq shaklida bemor balg’amida sil mikobakteriyalari topiladi. Bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi bo’lib qolishi mumkin. Sil bilan og’rigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli bo’lmaydi. Sil mikobakteriyalari faqat ulkan emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa bo’g’imlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa azolarni zararlaydi. Sil kasalligiga aksari yosh bolalar balog’atga yetish davridagi o’smirlar shuningdek organizmning infeksiyaga chidami susaygan Yoshi katta odamlar chalinadi. Birlamchi silda kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo’lmaydi. Biroq teri ostiga tuberculin yuborib o’tkaziladigan mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari paydo bo’lsa, bu sil intoksikasiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda og’irroq o’tadi.
Davosi davolash asosan kasalxona sharoitida shifokor nazorati ostida olib boriladi. Kasallikka qarshi ishlatiladigan zamonaviy dori-darmonlardan kasallikning turi va og’ir-yengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda bu dorilar uzoq vaqt davomida qo’llaniladi.
Profilaktikasi silni oldini olish ijtimoiy sanitariya kimyoviy va maxsus tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Aholi yashaydigan joylarda obodonlashtirish moddiy xayot sharoitini yaxshilash axolining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targ’ib qilish jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muxim axamiyatga ega. Shifokor buyurgan kun tartibiga amal qilish to’la-to’kis ovqatlanish iloji boricha ochiq xavoda bo’lish xonani bot-bot shamollatib turish lozim.
Silni bolalarda barvaqt aniqlash uchun bolalar polinlinikalarida bog’chalarida, maktablarda tuberkulen sinamasi o’tkaziladi. O’zbekistonda barcha yangi tug’ilgan chaqaloqlar shifokorning moneligi bo’lmasa silga qarshi vaksinasiya qilinadi. Vaqti-vaqti bilan revaksinasiya o’tkaziladi.
Sanepidqo’mita Nishon tuman
bo’lim boshlig’i: A.Normuminov