Qizamiq va qizilcha yuqumli kasalliklaridan saqlaning

Qizamiq o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi, tana xaroratining ko’tarilishi, toshmalar toshishi va intoksikasiya belgilari namoyon bo’lishi bilan kechadigan kasallikdir. Ushbu kasallik bolalar o’rtasida ko’p uchraydi. Bir yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar uchun bu nihoyatda xavflidir. Kasallik asosan xavo-tomchi yo’li bilan yuqadi, chaqiruvchisi viruslar xisoblanadi. Kasallik manbai shu kasallik bilan og’rigan bemor xisoblanadi. Kasallik belgilari tumov, bug’iq yutal, ko’z yoshlanishi, yorug’likka qaray olmaslik, tana xaroratining 38-39 oC ko’tarilishi, lab, lunj va milk shilliq qavatlariga oq dog’lar toshishi. Toshmalar dastlab quloq orqasiga, buyin-yuzga va qisman badanga, keyin esa bilakka va oyoqlarga toshadi.

                                                                  Qizilcha

Qizilcha xam qizamiq kabi o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi belgilari va yana limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Qizamiq va qizilcha kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlar: bolalik davridagi barcha profilaktik emlashlar va qizamiqqa qarshi emlash bu kasalliklarning oldini oladigan eng yaxshi vositadir. Bemor yotgan xona tez-tez shamollatib turilishi va u yotgan xonaga begonalar, ayniqsa yosh bolalar qo’yilmasligi kerak. Bemor oila a’zolari uning oldiga kirishdan oldin og’iz-burunlariga 4 qavatli doka niqob taqishlari shart. Mabodo ma’lum sabablarga ko’ra bolangizda qizamiq va qizilcha kasalliklarning belgilari paydo bo’lsa, darxol shifokorga murojaat qiling, aks xolda ushbu kasalliklar og’ir asoratlarga olib kelishi, xattoki o’lim bilan tugashi xam mumkin. Bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi!

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo’limi

Epidemiologiya bo’lim mudiri                                                                   J.Safarov