Рarazitologiya labaratoriyasi tomonidan 2023 yil 11 oyi davomida bajarilgan ishlar

Gijjalar odamning oshqozon-ichak yo‘lida parazitlik qiladi. Gijjalar organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin, oqsil, kalsiy, uglevod hamda yod kabi boshqa kerakli elementlarni o‘zlashtiradi. Shuning uchun gijja kasalligiga chalingan odam quvvatsiz, rangsiz bo‘lib qoladi.  Organizmni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar, elementlarning yetishmasligi oqibatida bolalar jismoniy o‘sishdan orqada qoladilar. Aqliy rivojlanishi susayada. Intellektual o‘zlashtirish, eslab qolish qiyinlashadi.

SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi parazitologiya labaratoriyasi uyushgan bolalar o‘rtasida muloqot orqali yuqadigan gijja kasalliklari bilan kasallanishni oldini olish va gijja kasalligi bilan zararrlangan bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida 2023 yil 11 oyida reja grafik asosida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1-4 sinf o‘quvchilaridan 1902 nafari gijja kasalligi tekshirilganda 164 nafarida entrabioz, 3 nafarida geminalepidoz aniqlandi.

Tumandagi DMTT tarbiyalanuvchilaridan 4018 nafari gijja kasalligiga tekshirilganda   223 nafarida entrabioz,  1 nafarida geminalepidoz aniqlandi,

gijja kasalligi zararlangan  bolalar  sog‘lomlashtirildi.

Zararlanish yuqori bo‘lgan 13 ta maktabning 4000 nafar 1-4 sinf o‘quvchilari Albendazol 400 mg tabletkasi bilan ommaviy digelmintizatsiya tadbirlari olib borildi.

 

 

 

 

SEO va JSQ Nishon tuman bo‘limi

Parazitologiya bo‘lim va  labaratoriyasi mudiri:                  O.Turdiyev