Qizamiq o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, qadim zamonlardan ma’lum. Qizamiq bilan kasallanish bolalar o‘rtasidagi yuqumli kasaliklar ichida dastlabki o‘rinda turadi. Qizamiq bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun ayniqsa xavfli. Hozirgi kunda Respublikamizda kam uchrasada ba’zan bolalar uyushgan muassasalarida uchrab turibdi.
YUQISH YO‘LLARI
Qizamiq manbai shu kasallik bilan og‘rigan bemorlar hisoblanadi. Qizamiq virusi burun-xalqum, yuqori nafas yo‘llari, shilliq pardalari shillig‘ida bo‘ladi. Gaplashganda, aksirganda, yo‘talganda, bola yig‘laganda, shilliq zarralari bilan havoga tushib sog‘lom bolaga bir lahzada yukadi. Qizamiq bilan og‘rib o‘tgandan keyin bir umrga immunitet qoladi.
KASALLIK BELGILARI
Kasallik kechishiga ko‘ra 5 ta davr tafovut qilinadi: yashirin, kataral, toshma toshish, dog‘ tushishi, sog‘ayish davri.
Bolalarda kasallik alomatlari birdan emas, balki infeksiya yuqqandan keyin oradan 9-11 kun o‘tgach quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
KASALLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI
Profilaktik emlashlar qizamiqning oldini oladigan
eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Infektsiyani oldini olish uchun 1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan kichik bolalarni emlash amalga oshiriladi.
SEO va JSQ
Qashqadaryo viloyati
Nishon tuman boʼlimi
epidemiolog-immunolog vrachi: D.SH.Sherov