LESHMANIOZ KASALLIGI

Leshmanioz kasalligi

Leshmanioz kasalligi- surunkali oqimda o`tadigan antropozoonoz,transmissiv kasallik bo`lib, teri, shilliq pardalar, ichki organlarning yallig`lanishi bilan xarakterlanadi.

Epidemiologiyasi

Kasallik infeksiyasini tarqatuvchi moskitlar (iskabtoparlar)bor joyda Yevropaning O`rta dengiz bo`yidagi mamlakatlarida, Shimoliy Afrikada, shuningdek,O`rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida uchraydi.Veterinar ko`rigidan o`tmagan daydi itlar,barcha turdagi kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlar ushbu kasalliklar manbalari hisoblanadi. Leshmaniyalar odam va boshqa issiq qonlilarning organizmiga kirib jigar,taloq,ilik,qon tomir va limfatik sistemalarda ko`payadi.

Kasallikning belgilari

Itlarda kasallikning tashqi (teri) formasida leshmaniyalar kirgan joylarda (boshda,burun bo`limlarida,ko`z va quloq atrofida)dastlab tugunchalar paydo bo`ladi, so`ngra yaraga aylanadi va jun qoplami tushib yaltirab qoladi.Surunkali kechib (1 yilgacha va undan ortiq), kasal hayvonning o`limi qayd etilmaydi.Odamlarda leshmaniozning ikki xili:shaharga xos xili (quruq xili Ashxobod yarasi),qishloqda xos xili (ho`l xili Pendi yarasi) uchraydi.

Profilaktikasi

Eng zarur tadbirlardan biri- aholi yashash joylarida sanitariya talablariga qat`iy rioya qilish, chiqindilar yig`ilib qolishiga yo`l qoymaslik zarur.

 

Parazitologiya bo’lim mudiri:                                                  O.Turdiev