OQILONA OVQATLANISH-UZOQ UMR GAROVI

Sog`lom ovqatlanish-organizm o`sishi,me`yoriy rivojlanishi va hayot kechirishi,salomatlikni mustahkamlovchi hamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruvchi omillardir.Ya`ni oqilona ovqatlanish sog`lom turmush tarzining asosiy tamoyillaridan biridir. Ovqatlanish aholi salomatligini belgilovchi muhim omillardan biri.To`g`ri ovqatlanish bolalarning me`yorda o`sishi va rivojlanishini ta`minlab,o`rta yoshli va keksa kishilarda esa kasalliklar profilaktikasiga,umrning uzayishiga,ish qobiliyati oshishiga ko`maklashadi va ularning atrof-muhitga moslashishi uchun sharoit yaratadi.

«Ratsional ovqatlanish» deganda ko`pchilik mazali,to`yimli,ekologik toza bo`lmagan ozuqalarni nazarda tutadi.Bu katta xatodir.Aynan shunday ozuqalar ko`pgina surunkali kasalliklar (semirish,qandli diabet,yurak-qon tomir va me`da-ichak tizimi kasalliklari) ni vujudga keltiradi.

Kuniga bir necha mahal xar xil va turfa rangdagi sabzavot va mevalarni iste`mol qiling!!!

 

SEO va JSX Nishon tuman bo’limi

vrach bakteriolog:                                              L.Almardonova