Gemorragik-isitma kasalligidan extiyot bo’laylik

Gemorragik isitma kasalligi virus qo’zg’atadigan, ko’pincha cho’l zonalarida uchraydigan o’ta xavfli yuqumli kasallikdir. Ushbu kasallik bilan faqat odamlar kasallanadi. Respublikamizda yirik mayda shohli xayvonlarda uchraydigan kanalar esa kasallik virusini saqlovchi va tashuvchilari xisoblanadi. Kasallik tabiatdan keladi, asosan mart, apral va may oylarida avj oladi, chunki bu oyda otarlarda qirqim boshlanadi, axoli ko’proq tabiat qo’yniga otlanadi. Agar kana chaqsa kasallik alomati 2-6 kunda o’zini alomatini ko’rsatadi, yuz va ko’krak terisi qizaradi, ko’z tomirida xam qizarish ko’rinadi, issiqlik chiqadi, mushak va belda og’riq kuchayadi, 70-80 foiz tashqi va ichki organlardan qon ketishi bu kasallikning asosiy alomati xisoblanadi. Kana chaqishi o’ta xavfli bo’lib, darxol yaqin o’rtadagi davolash muassasalariga murojat etish lozim. Axoli ana shu xolatlarni bilishi  va kana bilan muloqotdan qochishi kerak. Agar uy yoki chorva xayvonlarida kana uchrasa darxol veterinariya xizmati xodimlariga murojaat qilib, xar qanday xavfli xolatni oldini olishga xarakat qilish lozim. Ozroq vaqt o’tgandan so’ng tana xarorati tushadi va odam xuddi sog’aygandek tuyuladi, lekin sal o’tmasdan kasallikning ikkinchi-gemorragik davri boshlanadi. Bunda burundan qon kelishi, terida nuqtasimon qon yig’ilishi, ukol qilingan joylarda qon to’planishi kuzatiladi. Qon to’planishi ichki azolar(oshqozon-ichak, bachadon) da ro’y berishi ham mumkin. Kasal odam ajratmalari(qon, qusuq moddalari, peshobi va boshqalar)da ko’plab kasallik viruslari bo’lib, atrofdagilarga katta xavf tug’diradi. Agar o’z vaqtida shifokorga murojaat etilmasa, ko’p qon yo’qotish natijasida bemorning axvoli og’irlashib, yurak-qon tomir yetishmovchiligi va boshqa organlar faoliyati chuqur buzilishi natijasida bemor xalok bo’lishi mumkin. Kasallikni davolash faqat maxsus statsionarlarda o’tkaziladi, uyda davolash mumkin emas, bu bemor xayotiga va atrofdagilarga katta xavf tug’diradi. Kasallik barvaqt aniqlansa va tegishli davo choralari o’z vaqtida o’tkazilsa, bemor to’liq sog’ayib ketadi.

Gemorragik isitma belgilarsiz shaklda xam kechishi mumkin, ya’ni kasallikning bu shaklida badanda toshmalar toshmaydi, qontalashlar kuzatilmaydi, burundan qon ketmaydi, kasallik asosan isitma va intoksikatsiya alomatlari bilan kechadi.

Yodingizda bo’lsin: kana chaqishining oldini olish gemorragik isitma kasalligining oldini olish demakdir!

Agar sizni kana chaqsa yoki qo’llaringiz kana qoni bilan ifloslansa, zudlik bilan yaqin joylashgan davolash-profilaktika muassasalariga murojaat etish talab etiladi.

Mazkur kasallikka qarshi maxsus profilaktika usullarining mavjud emasligini etiborga olib, unga qarshi kurashda asosiy etibor kasallik manbaini jilovlashga, ularni o’z vaqtida zararsizlantirishga va kasallikning yuqish yo’llarini bartaraf etishga qaratilgan bo’lishi kerak. Maxalliy sharoitda gemorragik isitma kasalligi bo’yicha endemik xududlarda asosiy etibor kanalarga qarshi kurashish tadbirlaridan iborat bo’lmog’i kerak. Xususan, imkon qadar chorva mollarini bir joyda muqim saqlagan xolda boqish, ular saqlanadigan binolarni muntazam tozalab turish va zararsizlantirish tadbirlarini o’tkazish orqali kanalarning ko’payishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

 

 

SEO va JSX Nishon tuman bo’limi

vrach epidemiolog:                                                                      S.Sayidova